Saudiyaliklar "Barselona"ga 80 mln. evrodan ko'proq taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2024, 14:10
Rafinya Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan hafta "Barselona" Saudiya Arabistoni klublaridan yangi taklif olgan. Klub hali unga javob bergani yo'q, chunki mavsumning hal qiluvchi pallasi endi boshlanmoqda.

Saudiyaliklar Rafinya uchun "Barselona" talab qilganidan ko'proq taklif qilishmoqda. O'shanda Kataloniya klubi o'z futbolchisi uchun 80 mln. evro so'ragan edi.

Vingerga Saudiyaning 4ta klubi - "Al Hilol", "Al Nassr", "Al Ittihod" va "Al Ahli" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi "Barselona"dan ketmoqchi emas, ammo klub uni sotishni ko'rib chiqmoqda.

Rafinya joriy mavsum LaLiganing 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport