So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  13 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Saudiyada so'nggi umid so'nmasin Yangiliklar

Saudiyada so'nggi umid so'nmasin

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining hal qiluvchi uchrashuvida Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi.

Ikki yil oldin saralashga qura tashlanganda Saudiya Arabistoni guruhimizdagi asosiy raqobatchimiz hisoblanishini barcha bilgandi.   Aytish joiz, saudlar Jahon chempionati saralash turnirida jamoamizga 3-marta ro'baro' kelishyapti. 2004 yilning 9 dekabr kuni Kuala-Lumpur shahrida joylashgan OFK bosh qarorgohida JCH-2006 kvalifikaciyasi hal qiluvchi bosqichiga qura tashlangan va bu jarayon bizga Quvayt, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni termalarini ham yuzma-yuz qilgandi. Saudiyaliklar bosh jamoasi o'sha payt Osiyoda etakchilar sirasiga kirardi. Xullas, muntazam ravishda mundial yo'llanmasiga davogarlik qilishgan arablar ilk turda Toshkentga tashrif buyurishadi va ortga 3 ochko bilan qaytishlari hech gap emasdi. "Paxtakor" markaziy stadionida fevralning sovuq oqshomida o'tkazilgan bahsda issiq havoga o'rgangan saudlar kutilganidan yaxshiroq o'ynab, naq 45000 tomoshabinni karaxt ahvolga solib qo'yishadi. Jamoa faxriysi Sami al Jaber 76-daqiqada hisobni ochganida, stadion tribunalari sukunat domida qolgandi. Xayriyatki, "sehrli tayoqcha" - Anvar Soliev 90+3-daqiqada hisobni tenglashtirib Yurgen Gyodeni mag'lubiyatdan qutqaradi. Biroq germaniyalik mutaxasis ham xalqimizning azaliy orzusini ro'yobga chiqarolmaydi. Saudiyadagi javob bahsida esa futbolchilarga yana Ravshan Haydarov ustozlik qiladi. Afsuski, natija yana salbiy. Ar-Riyod safari juda og'ir va muammoli bo'lib, vakillarimiz ortga yirik hisobli mag'lubiyat (0:3) hamda tushkun kayfiyatda qaytgandilar. Aytgancha, Toshkentda o'zini ko'rsatgan "qarimas" Sami al Jaber javob uchrashuvida "dubl"ga erishgandi. 

Taqdir hukmiga qarangki, JCH-2010 saralashi qurasi Saudiya Arabistoni termasini yana biz bilan yuzlashtirdi. Bundan oldinroq Rauf Inileev boshqaruvidagi milliy jamoamiz 2007 yilgi Osiyo kubogi chorak finalida saudlarga qarshi qanday o'ynash kerakligini amalda ko'rsatib qo'ygandi, garchi yakunda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada. Eh, o'shanda hakam agar Maksim SHackix tomonidan urilgan toza golni inobatga olganida, barchasi boshqacha yakunlanarmidi? Har holda, Inileev shogirdlari butun o'yin davomida raqibni rosa qiynashgan, faqat vaziyatlardan foydalanolmaslik oqibatida 1:2 hisobida engilishgandi. 2008 yilning 26 mart kuni JCH-2010 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni termasini Toshkentda  qabul qilgan milliy jamoamiz OK-2007dagi mag'lubiyat uchun chiroyli tarzda revansh oladi. Aql bovar qilmas hujumkorlik va faollik yakunda ishonchli g'alabani taqdim etgandi. Qisqasi, futbolchilarimiz saudlarning ko'z ochishlariga imkon bermay, yirik - 3:0 hisobini rasmiylashtirishadi. O'shanda Temur Kapadze, Maksim SHackix va Server Jeparov urgan gollar stadionda chinakam bayramona muhit yuzaga kelishini taminlagandi. Javob bahsiga qadar vakillarimiz keyingi bosqich masalasini hal etishadi va Inileev Ar-Riyodda zaxira kuchini sinab ko'rishga qaror qiladi. Biroq bu tajriba ish bermaydi - 0:4. 

Bu yurt vakillari bilan so'nggi to'qnashuvimiz hali hamon xotiralardan o'chib ulgurmaganiga aminmiz. O'shanda 2:1 hisobida g'alaba qozonayotgan terma jamoamiz so'nggi daqiqalarda ikkita to'p olib chiqib yakunda 2:3 hisobida alamli mag'lubiyatga uchragandi. Vadim Abramov esa ushbu mag'lubiyatni "Hissiyot aqldan ustun keldi",- deya izohlagandi. Xo'sh, bugun janob Abramov qanday sovg'a tayyorlab qo'ygan ekan? Buni 23:00da bilib olamiz. SHunisi aniqki bugun futbolchilarimizdan dastlabki va oxirgi 10 daqiqalikda juda ehtiyotkor hamda xushyor o'ynashlari talab qilinadi. Singapur bilan o'yinda ko'rdikki, Erve Renar shogirdlari 3ta golni  aynan 80-daqiqadan so'ng urishdi. Bir xatoni ikkinchi bor takrorlash qimmatga tushishi mumkin. Umid esa hali so'ngani yo'q.  Guruhda faqat 1-o'rinni egallagan jamoaning hal qiluvchi bosqichga chiqishiga kafolat bor. 2-o'rin sohibi esa boshqa guruhlar natijasiga qarashga majbur bo'ladi. Bas, shunday ekan, bu safar Saudiya termasini bugun yutsak ortiqa matematika, hisob kitoblarga o'rin qoldirmagan bo'lamiz. SHaxsan o'zim bu to'qnashuvda futbolchilarimizning mahoratiga ishonaman. 


1. JCH-2006 saralashi 

O'ZBEKISTON - S.ARABISTONI - 1:1

09.02.2005. Toshkent. Paxtakor» stadioni. 45000 tomoshabin.

Gol: Sami Al Jaber 76 - Anvar Soliev 90+3.



2. JCH-2006 saralashi

S.ARABISTONI - O'ZBEKISTON - 3:0

08.06.2005. Ar-Riyod «Qirol Fahd» stadioni. 72000 tomoshabin.

Gollar: Sami Al-Djaber 9, 60 Saad Al-Xarsi 87



3. JCH-2010 saralashi 

O'ZBEKISTON - S.ARABISTONI - 3:0

26.03.2008. Toshkent. MHSK stadioni. 17000 tomoshabin.

Gollar: Temur Kapadze 45+2, Maksim

SHackix (67), Server Jeparov (70-pen.).



4. JCH-2010 saralashi 

S.ARABISTONI - O'ZBEKISTON - 4:0

22.06.2008. Ar-Riyod. «Qirol Fahd» stadioni. 5000 tomoshabin.

Gollar: Ibrohim Otayf 7, Malik Xavsaviy 37, Saad Al-Xarsi 56, Malik Xavsaviy 87


5. JCH-2022 saralashi

O'ZBEKISTON - SAUDIYA ARABISTONI - 2:3

14 noyabr 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 35000 tomoshabin. 

Gollar: Eldor SHomurodov (16), Otabek SHukurov (56-p) - Salman Al Faraj (23-p, 85), Salim Al Dosari (90) 



JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi

15.06.2021, 23.00

S.Arabistoni - O'zbekiston

Bosh hakam: Xyung Jin Ko (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Jaeol Yun, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

Hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz. Olg'a, O'zbekiston!

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика