So’nggi yangiliklar

11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  0 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  31 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  128

Saudiya to'rt yil deganda o'ziga keldi, bizga qancha vaqt kerak bo'ladi? Yangiliklar

Saudiya to'rt yil deganda o'ziga keldi, bizga qancha vaqt kerak bo'ladi?

Kechagi o'yin barchaning dilini xira qilgani bor gap.

O'z maydonida yutishimiz kerak bo'lgan o'yinni yuta olmadik. Biz tarixdagi eng kuchsiz Janubiy Koreya bilan durang o'ynadik. Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz uchun avvalambor o'zimiz aybdormiz. Suriyaga qoyil qolish kerak, 90+3-daqiqada hisobni tenglashtirib pley-offga yo'l oldi. Biz esa to'rtinchi o'ringa tushib ketdik.

Kechagi bahsda natijadan ham ko'ra o'yinning yo'qligi asabga o'ynadi. O'ylab qarasak, birorta tuzukroq xavfli hujum uyushtira olmabmiz. Hujum bo'lmagandan keyin gol bo'lmaydi, gol bo'lmagandan keyin vazifa ham bajarilmaydi. Vazifa bajarilmagan joyda muxlislar junbushga keladi, odamlarda norozilik alomati paydo bo'ladi.

Bu hol endi to terma jamoamizga yangi murabbiy kelib, yangi o'yinlar boshlanmaguncha davom etaveradi. Katta ehtimol bilan 12 sentyabrdan keyin O'zbekiston terma jamoasida yangi murabbiy ishlay boshlaydi. Biz xohlardikki, shunday bo'lgan taqdirda hozirgi shtabdan hech kim qolmasin. Umuman yangi shtab tuzilsin va yangi futbolchilar taklif etilsin.

Kecha o'yindan chiqib uyga borganimda Saudiya Arabistoni - Eron bahsining ikkinchi taymi davom etayotgan ekan. Hisob 1:0, oldinda mezbonlar. Saudiyaliklarni bu o'yinda istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtirardi. Yakunda 1:0 hisobi o'yin oxirigacha saqlanib qoldi va hamyurtimiz Valentin Kovalenko boshqargan bellashuvda Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga yo'l oldi. 

Mana hal qiluvchi bahsda qanday o'ynash kerak? Saudiya o'ziga kerakli natijani kimsan Yaponiya bilan o'yinda ham qo'lga kirita oldi. Vaholanki, bu jamoa to'rt yil oldin hatto ikkinchi saralash guruhidan o'ta olmagandi. Avvalgi mundial saralash bosqichida saudiyaliklar guruhda uchinchi o'rinni olib Avstraliya bilan Ummonni o'tkazib yuborishgandi.

O'shanda terma jamoa va bosh murabbiy keskin tanqid qilinib, keyinchalik mamlakat federaciyasi gollandiyalik murabbiy Bert van Marveykni taklif qildi. Bu o'zgarish Saudiya Arabistoni 2015 yilgi Osiyo Kubogida guruhdan chiqa olmaganidan so'ng yozda yuz berdi. O'sha Osiyo chempionatida biz ularni 3:1 hisobida mag'lub etganimiz ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

JCH-2014 saralash bosqichi va Osiyo Kubogi-2015dagi muvaffaqiyatsizlikdlan so'ng Saudiya futbolida tub islohotlar boshlandi. Terma jamoani bir avlod tark etib, o'rniga boshqa avlod keldi. Yoshlar to'rt yil davomida o'sib, mana endi qarabsizki jahon chempionatiga chiqishdi. Vaholanki, bungacha Saudiya ketma-ket ikkita jahon chempionatini (2010/2014) o'tkazib yuborgandi. 

Terma jamoada olib borilgan keng ko'lamli islohotlar tufayli mana Saudiya Arabistoni hozir qaerda. Ko'pchilik guruhdan Yaponiya bilan Avstraliya to'g'ridan-to'g'ri chiqadi deb turgan paytda Saudiya uloqdan birini ilib ketdi. Xulosa shuki, uch-to'rt yil oldin natija ko'rsatish bobida bizdan past bo'lgan jamoa ishga to'g'ri yondoshuv tufayli o'z maqsadiga erishdi va Osiyoning eng kuchli jamoalari safiga qaytdi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика