So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Saudiya Arabistoni va Iroq olimpiya terma jamoasi G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda Yangiliklar

Saudiya Arabistoni va Iroq olimpiya terma jamoasi G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

Olimpiya termamiz Ummondagi Osiyo chempionatiga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda guruhdoshlarimiz Saudiya Arabistoni va Iroq olimpiya terma jamoalari Qatarda o'tkazilayotgan G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda.
28 dekabr kuni har ikki jamoa birinchi o'yinini o'tkazib, golsiz durangga imzo chekishdi. Saudiyaliklar ancha kuchsiz sanalgan, lekin ushbu musobaqada yaxshi o'yin namoyish qilgan Falastin qarshiligini enga olishmadi. Bahs golsiz durang bilan tugadi. Endi ertaga Saudiya Arabistoni Qatar bilan maydonga tushadi. Faqat g'alaba Saudiyani yarim final sari etaklashi mumkin. Bu jamoaning Falastin bilan bahsda harakat qilgan tarkibi bilan tanishing:

Muhammad Alovais, Al Beshi (Hamad Sulaymon, 73), Abdulloh Alammar, Abdulloh Alhafiz, Motaz Havsavi, Sami Zakaria, Abdulfattoh Asiri, Abdulloh Otayf, Xolid Asiri (Saloh Muhammad, 58), Maan Sulton, Muhammad Majrashi (Ismoil Mag'ribi, 46).

Terma jamoaga Xolid Al Koroni murabbiylik qilyapti. Jamoa tarkibi Osiyo chempionatida ham yuqoridagi futbolchilardan iborat bo'lish ehtimoli 90 foizga teng.


Iroq terma jamoasi Hadi Mutanash qo'l ostida Bahrayn bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bugun iroqliklar Ummonni enga olishsa, yarim finalga chiqishadi. Jamoa Bahraynga qarshi ushbu tarkibda maydonga tushishdi:

Jalol Hoshim, Ali Bahjat, Mustafo Nadhim, Ali Fayoz, Volid Al Lami, Saif Muhammadi, Mahdi Komil (Ihab Kadim, 58), Ahmad Fadhil (Ismoil Durg'am, 85), Saad Dobjaha, Amjad Kalaf, Muhannad Karrar (Abdulqodir Tariq, 78).

G'arbiy Osiyo chempionati aynan 22 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar uchun o'tkaziladi. Bu safar musobaqa Ummondagi qita chempionatidan avval jamoalarning imkoniyatlarini bilib olish va jamoaviy o'yinni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. CHunki bunday rasmiy bahslarda orttirilgan tajriba qo'l keladi.

Olimpiya terma jamoamiz Toshkentdagi yig'inini yakunladi. Endi yangi yil bayramidan keyin, 5 yanvar kuni jamoa Dubayga yo'l oladi. U erda bir haftalik mashg'ulot o'tkazilib, Ummonga jo'nab ketiladi. Sib shahrida o'tadigan guruh bellashuvlarida futbolchilarimiz Xitoy, Iroq va Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi. Raqiblar haqida batafsil malumotlar yaqin kunlarda etiboringizga havola etiladi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика