Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi ikki oyga ham bormay ishdan haydaldi
14 noy 2017 12:33
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi ikki oyga ham bormay ishdan haydaldi
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, ushbu mag'lubiyatdan so'ng rahbariyat bosh murabbiy Edgardo Bauzani o'z lavozimidan bo'shatib yuborgan. Ushbu murabbiy shu yilning 15 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan edi.
Qizig'i Bauza jamoani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqqan Bert van Marveykning o'rniga kelgandi.
SHu tariqa, Edgardo Bauza 2017 yilda uchta turli terma jamoada ishlab ishdan bo'shadi. U 11 aprel kuni Argentina terma jamoasini JCH saralashida jar yoqasiga olib kelib qo'yib jamoani tark etgandi. 11 may sanasida mutaxassis BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi va yuqorida aytganimizdek mundial yo'llanmasiga ega bo'lgan Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni deb BAAni tark etgandi.
Ushbu murabbiy boshchiligidagi barcha o'yinlar:
Saudiya Arabistoni - Yamayka 5:2
Saudiya Arabistoni - Gana 0:3
Saudiya Arabistoni - Latviya 2:0
Saudiya Arabistoni - Portugaliya 0:3
Saudiya Arabistoni - Bolgariya 0:1
Edgardo Bauza bir yil ichida turli uchta jamoada ishlashga ulgurdi: Argentina, BAA va Saudiya Arabistoni
Fikrlar