"Real" Vinisius bo'yicha katta transfer taklifini oldi
20 jan 19:54
Yangiliklar
"Real" Vinisius bo'yicha katta transfer taklifini oldi
"indykaila News"ning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublaridan biri braziliyalik futbolchi uchun taxminan 200 mln funt to'lashga tayyor ekanini bildirgan.
"Qaymoqranglilar" esa 2026 yilgi yaqin qishki transfer oynasida futbolchini sotish masalasi umuman ko'rib chiqilmasligini malum qildi. Klub rahbariyati mavsum o'rtasida jamoaning etakchilaridan biri bilan xayrlashish niyati yo'qligini ehtimoliy xaridorga etkazgan.
Vinisius Junior 25 yoshda. U 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda va shu vaqt ichida madridliklarning hujum chizig'ida asosiy figuraga aylangan. Vinger ushbu mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Braziliyalik futbolchining Ispaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Vinisiusning transfer qiymati taxminan 150 mln evroni tashkil etadi.
Avvalroq Vinisius muxlislar munosabati sabab "Real"ni tark etishga qaror qilgani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar