So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  0 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  13 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  236 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Sarvarbek Jumaniyozov: "Futbolga qaytishimda Aleksandr Ejovning juda katta hissasi bor" Yangiliklar

Sarvarbek Jumaniyozov: "Futbolga qaytishimda Aleksandr Ejovning juda katta hissasi bor"

"Xorazm" jamoasida o'z o'rniga ega bo'lgan, juda jiddiy jarohatdan keyin katta futbolga munosib qaytgan Sarvarbek Jumaniyozov bilan futbolga kirib kelishi, ustozlari va kelajakdagi orzu-niyatlari haqida suhbatlashdik.


- Sarvarbek keling suhbatimiz avvalida o'zingiz va oilangiz haqida to'liqroq malumot bersangiz?

Men 4 noyabr 1992 yil Urganch shahri, CHakkasholikor qishlog'ida tug'ilganman. Ikki nafar farzandim bor bir o'g'il, bir qiz. Oilada 3 farzandmiz men to'ng'ichi ukam va singlim bor. Otam Qadamboy Xo'jamuratov tadbirkorlik bilan shug'ullanadilar. Onam Xosiloy Bobojonova uy bekasi.
Oilamizda Futbol bilan faqat men shug'ullanaman.

- Futbolga kirib kelishingiz, birinchi murabbiylaringiz va Professional Futbolchi bo'lib etishgunga qadar bosib o'tgan yo'llaringiz to'g'risida aytib bersangiz?
Barcha bolalar kabi yoshligimdan futbolga mehr qo'yganman. Futbolga ishtiyoqimni ko'rgan otam dastlab, oldingi Olimipiya (xozirgi Xorazm) sport majmuasiga futbol to'garagiga olib borgan, keyinchalik 2007 yil Urganch Olimpiya zahiralari Kolleji futbol yo'nalishiga qabul qilindim va murabbiy Ruslan Abdullaev qo'l ostida shug'ullana boshlaganman. SHuningdek kollej o'qib yurgan kezlarimda Vladimir Kavolenko ham menga futbolning ko'p sir-asrorlarini o'rgatgan. Respublika musobaqalarida o'yinlarimizni kuzatgan murabbiylar 2008 yil "Lokomativ" BFK taklif qilishdi. U erda bir mavsum o'tkazdim. 2009 yil "Bunyodkor" o'rinbosarlari jamoasi o'ynaganman. Keyinchalik esa o'sha vaqtlari Oliy Ligada ishtirok qilayotgan "Xorazm" jamoasidan taklif bo'ldi va chorlavni qabul qildim va shu davrga qadar klubimiz sharafini himoya qilib kelyapman.



- Futbolchining birinchi dushmani jarohatlar. Bilamizki siz juda jiddiy jarohatdan keyin ham katta futbolga qaytdingiz?
Ha jarohatlar futbolchining faoliyatiga tasir qiladigan omil. Men 2016 yil tizzamdan olgan juda jiddiy jarohat sababli futbolchilik faoliyatimni tugatgandim. Futbolga qaytishni o'ylab ham ko'rmagandim. Lekin 2018 yil Aleksandr Ejov menga qayta ishonch bera oldi va faoliyatimdagi yangi davrni ochib berdi. Men ustozim Aleksandr Ejovdan juda minnatdorman.

- Jamoadagi qaysi futbolchi bilan maydonda bir-birlaringizni bir qarashdayoq tushina olasiz?
Maydonda deyarli barcha futbolchilar bilan tushinib harakat qilamiz. Qaramasdan ham tushina oladigan jamoadoshim bu Temur Bekchanov, u bilan yoshlikdan bir jamoada o'ynab katta bo'lganmiz.

- Jahon futboli yulduzlaridan qaysi futbolchilarning o'yinlarini ko'proq kuzatasiz?
Albatta dunyo darajasidagi futbolchilar o'yinlarini kuzatish zavqli. Men Ronoldu, Azar va Neymar o'yinlarini hurmat qilib kuzatib boraman.

- Kechagi "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz. Umuman Pro Liga 2020 yil mavsumi qanday o'tmoqda?
Bu yil Pro Liga jamoalarining kuchi deyarli teng deyish mumkin. Istalgan klub xohlagan raqibini yutib qo'yishi mumkin. Jamoamizga dastlabgi turlarda omad etishmadi. Mana o'zingiz ham kuni-kecha "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'yin guvohi bo'ldingiz. Jamoamiz mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadi deb o'ylayman. (muallif: S.Jumaniyozov sariq kartochkalari 4taga etganligi sababli maydonga tushmadi).



- "Xorazm" PFK da tajribali o'yinchilar bilan birgalikda yosh futbolchilar ham o'yinlarda ishtirok qilmoqda
Murabbiylarimiz bir necha yoshlarga imkon berishmoqda. Har yil bir iqtidorli yosh futbolchi etishib chiqishi ananaga aylanib borayotgani quvonarli holat. O'tgan mavsumda Muxammadqodir Raximberganov, bu mavsum Habibulla Matyakubov ajoyib o'yinlari bilan ajralib turibdi. Umid qilamizki keyingi mavsumlarda Maxmud Qalandarov, Jamshid Zaripboevlardan ham shunday o'yinlar kutib qolamiz.

- Kelajakdagi orzu-rejalaringiz to'g'risida o'rtoqlashsangiz?
"Xorazm" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib, munosib ishtirok qilish va jamoamizda ajoyib muxlislar bor shularni o'z o'yinlarimiz bilan xursand qilish mening niyat-rejalarimning asosiysidir.


Xursandbek Matkarimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика