Sarvar Jo'raev: “Afsuski bu golimni dadam ko'ra olmadilar”
03 iyu 2016 09:59
Yangiliklar
Sarvar Jo'raev: “Afsuski bu golimni dadam ko'ra olmadilar”
Ushbu bellashuvda durang qayd
etildi. O'yindan so'ng “Sug'diyona” himoyachisi Sarvar Jo'raev bahs haqida o'z
fikrini bildirdi.
- Juda shiddatli o'yin bo'ldi. Birinchi davrani g'alaba bilan
tugatmoqchi edik. Uchrashuvdagi hakamlarning xatosi, bizni hamda muxlislarning
ruhiyatiga tasir qildi. Biz jamoamiz bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q.
Ozroq tanaffusdan so'ng 2-davraga tayyorgarlikni boshlaymiz. Jamoamiz bilan 2-davrada
muxlislarimizni chiroyli o'yinlarimiz bilan albatta xursand qilamiz.
Ramziy terma jamoada ekanligimdan xursand bo'ldim. Bu albatta
murabbiyimiz Davron Fayzievning mehnatining samarasi. Golimni dadamga
bag'ishlayman. Bu o'yinimni dadamga ko'rish nasib etmadi. Keyingi davrada ham jamoamga g'alaba keltiruvchi gollarni uraman degan umiddaman – deydi
Jo'raev.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi
Fikrlar