So’nggi yangiliklar

21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  0 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  0 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  4 20:16Эрон Про лигаси. Машарипов, Ўрунов ва Яхшибоев захирада, Юсупов эса асосий таркибда  0 19:44Goal талқинига кўра "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  17 19:10"Футбол ТВ" ва "Спорт" топ-чемпионатлардан бирининг намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  35 18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  4 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  7 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  12 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2 15:00Неймар жароҳатини даволаш учун кунига 11 соатгача машқ қилмоқда. "Сантос" ҳужумчи билан шартномани узайтириш масаласини муҳокама қилади  30 14:31U-15 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистондан устун келди  8

Sarrining "Yuve"dagi ilk mashg'ulotlariga chuqurroq nazar Yangiliklar

Sarrining "Yuve"dagi ilk mashg'ulotlariga chuqurroq nazar

Bugun sizga bir voqeani so'zlab beramiz. SHundan so'ng, nima uchun "Yuve" muxlislari boshqalardan ajralib turishini bilib olasiz.

Birinchi kun. SHubhasiz, Sarri va uning murabbiylik shtabi: struktura, "J Hotel"da barcha qulayliklar mavjud (nonushta, tushlik, kechki ovqat), har bir futbolchi va xodim uchun alohida xona. Barchasi ajoyibdek: Sarri bu erda umrbod qoladi, faqat bir lahzani ham behuda sarflamasa bo'lgani. Hattoki, u yaqinroq joyda yashashni istayapti.

"Yuve" ushbu yo'nalishda jadallik bilan rivojlanmoqda. "Continassa" loyihasi – top va bu reja asosida Turin klubi raqiblaridan yanada o'zib ketadi. SHu jumladan, aql-idrok borasida ham: "Biz – boshqachamiz". Ammo keling hozircha futbolga qaytamiz.

Sarri jamoa bilan tanishdi, o'z shtabini namoyish etdi va dasturi to'g'risida so'zlab berdi – birinchi nima qilishi va kelgusidagi rejalari haqida. Keyin esa suhbat o'z yakuniga etib, mashg'ulot boshlandi. Boshqalarni nazorat qilishda 2 futbolchi unga yordam berdi – Rugani va Iguain. Ular murabbiyni va uning metodi tushunib olib, boshqalarga ham etkazdilar. Birinchi kundan boshlab, Sarri va Martushellodan (Sarrining yordamchisi) 10-15 metr orqaroqda 8-9ta odam turardi. Ular nimalarnidir yozar, hisoblar planshetga belgilab qo'yardilar. Ular uchun hatto alohida "joy" ham hozirlangandi – malumot yig'adigan xodimlar.

Birozdan keyin Sarri to'p bilan ishlash mashg'ulotiga o'tdi. Oldin o'yinchilar bunchalik tez to'p bilan ishlash mashqiga o'tmasdilar. Allegri davrida ko'p narsa ananaviy tarzda edi — avvaliga mashg'ulot zaliga, keyin esa maydonga. Sarri qo'l ostida esa hammasi boshqacha — u iloji boricha tezroq to'p bilan ishlash mashqiga o'tadi. Hattoki, engil atletik mashqlardan keyin ham... Keyin esa yanada dahshatli narsalar boshlandi: katta elastik to'plar bilan ishlash mashqi (rasmni ko'ring). Umuman boshqacha yondashuv. Biroq biz aynan shunday narsani kutgan edik, shunday emasmi?!

Ikkinchi kun. Sarri va Martushello birgalikda maydonga tushdilar va barcha kamchiliklarni yon daftarchalariga belgilab qo'ydilar. Martushello mudofaadagi va "kvadrat" mashqlardagi xatolarni bartaraf etadi. Ular juda ko'p, Sarri va uning shtabi mehmonxonada uchrashib, kun davomida bo'lgan voqealarni muhokama qiladilar, barchasini solishtirib, kelgusi ishlarni rejalashtiradilar. Bilasizmi, keksalarga uzoq yillar davomida to'plagan tajribasini rad etish qiyin. Ular o'z g'oyalariga juda ham bog'lanib qolgan bo'ladilar.

Mashg'ulot to'g'ri o'tkazildi, biroq hammasi u xohlagandek bo'lmadi. Oxir-oqibat, Sarrining jahli chiqib ketdi. U buni shtab bilan muhokama qildi va yigitlar to'liq kuch bilan ishlayotgani, to'liq bandligi borasida, umuman ular qo'llayotgan metodikalar to'g'riligiga shubha ko'zi bilan qaray boshlaydi. Olingan malumotlar ham bunga turtki bo'lardi. SHunda Martushello unga shunday dedi:

– Tinchlan, Mauricio. "Inter"da barchasi joy-joyiga tushib ketishi uchun bir oy kerak bo'lgandi. Hammasiga vaqt kerak. (Martushello oxirgi ikki mavsum "Inter"da Luchano Spallettining yordamchisi bo'lgan).

O'sha kungi murabbiylik shtabining majlisida Nedved ham ishtirok etdi va u ham Sarrini ishontirishga harakat qildi.

– Qayg'urma, ishlashda davom et. Hali ko'rasan — hammasi yaxshi bo'ladi.

Uchinchi kun. Juma kuni ertalab. Sarri mashg'ulot boshlanish paytida biroz norozi ekanini takidladi, ammo baqirmadi va o'zini ko'rsatmadi. U shunday dedi:

– Keling, yigitlar! Men har kuni kechagidan ko'ra yaxshiroq ishlashingizni istayman. Barcha narsaga diqqat-etiborli bo'ling.

Mashg'ulot boshlandi va futbolchilar mashqlarni alo darajada bajara boshladilar. Agar kechagi kun bilan solishtirsa, er-osmonchalik farq. Ajoyib! Ular Sarri talab qilgan narsalarni ideal tarzda bajardilar. SHundan so'ng, Sarri bir necha kundan beri bir nimalarni berilib yozayotgan xodimlar yoniga bordi va dedi:

– Nima ular shu paytgacha ustimdan kulayotgan edilarmi?!

"Yuve"ni shug'ullantirish – katta sharaf ekanini bilib oldingiz. Sababi, jamoada haqiqiy professionallar to'p tepadi. Ularda De SHilo va Matyuididan tortib, Krishtianu hamda Buffon ham borini berib o'ynaydi. Ular mehnatsevar va fidokorligini to'liq namoyish etadi.

"Yuventus" o'yinchilari Sarri uchun (futbolchilar murabbiyga, aksincha emas) eng yaxshi sharoit yaratadilar. Keyin esa hammasi maydonda hal bo'ladi: bahs boshlanadi va daslabki natijalar qayd etiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика