So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  0 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  9 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Sarri: "Yunayted" tarkib bo'yicha zo'r, ammo o'yin bobida Manchesterda "Siti" eng kuchlisi" Yangiliklar

Sarri: "Yunayted" tarkib bo'yicha zo'r, ammo o'yin bobida Manchesterda "Siti" eng kuchlisi"

"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida bugungi raqibning qo'shnisi "Siti" haqida iliq fikrlar bildirdi.

- "Doimgidek terma jamoalar o'yinidan keyin bazi muammolar paydo bo'ladi. Tarkibdagi eng jiddiy muammo - Ampadu bilan bog'liq. SHuningdek, Xadson-Odoi va Barkli bilan kichik muammolar yuzaga kelgan. Ampaduning jarohati jiddiy.

Yaxshi xabarlar ham yo'q emas. Masalan Ryudiger va Kovachich oxirgi kunlarga kelib ancha yaxshi formaga kirishdi. Menimcha, ular bahsga tayyor.

Qayd etayotgan natijalarimizdan qoniqyapman. Ammo o'yinni yanada kuchaytirishimiz lozim. Men jamoaga kelganimdan buyon to'liq tarkibda jamoani shug'ullantirganim yo'q. Avgustda qo'l ostimda 8 nafar futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazdim xolos. Keyinchalik esa mavsum boshlandi va har 3-4 kunda o'yin o'tkazyapmiz. SHu boisdan mavsum davomida katta hajmdagi yuklamalar bilan ishlash og'irlik qiladi. Kelajakda biz o'yin sifatini yanada yaxshilay olamiz. Bu eng yuqori cho'qqimiz emas. Hozircha esa raqiblarga ham etarlicha imkoniyat taqdim etyapmiz.

Yunayted tarkib borasida chempionatdagi eng kuchlisi. Ammo o'yin bobida "Siti" kuchli. Yunayted faqat tarkib etibori bilan kuchliroq ko'rinadi. "Manchester Yunayted" "CHelsi"ga qarshi raqibdan kelib chiqib o'ynaydimi yoki yo'q, ochig'i bilmadim. Meni o'zimizni o'yin qiziqtiradi. Biz esa hech qachon raqibga qarab o'ynamaymiz. "CHelsi" doim o'z futbolini ko'rsatadi", - dedi Mauricio Sarri.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика