Sarri rahbariyat qo'ygan bosh vazifani bajardi
13 may 2019 23:25
Yangiliklar


Sarri rahbariyat qo'ygan bosh vazifani bajardi
CHelsi ustozi Maursio Sarri mavsum boshida rahbariyat tomonidan unga qo'yilgan talabni bajargani haqida aytdi.
“O'ylashimcha, jamoada qolaman. Biroq, buni 100 foizga deya olmayman. Mavsum boshida menga rahbariyat tomonidan «CHelsi»ni ECHLga qaytarish vazifasi qo'yilgandi va buni uddaladim. Ko'pdan beri Angliya futboli menga yoqishi haqida gapirib kelganman. Bu erda juda yuqori darajadagi o'yinlar va stadionlarda ajoyib atmosfera hukmronlik qiladi. Albatta, tumanli albionda ko'proq qolishni xohlagan bo'lardim”, – deya qayd etgan italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar