Sarri: "Napoli" chempionlik poygasidan chiqdi"
12 mar 2018 11:45
Yangiliklar


Sarri: "Napoli" chempionlik poygasidan chiqdi"
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Inter"ga qarshi bo'lib o'tgan A Seriyaning 28-tur uchrashuvi (0:0) haqida fikr bildirdi.
"Yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. "Napoli" avvalgi haftadan yaxshiroq o'ynadi deb o'ylayman.
Agar "Yuventus" mavsumning qolgan qismida barcha uchrashuvlarda g'olib bo'lsa, biz ularga faqat qarsak chalamiz. "Napoli" Italiyaning eng boy klubi emas. Biz avvalgidek skudetto uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Endi chempionlik poygasida emasmiz. Butun mavsum davomida juda yaxshi o'ynadik va muvaffaqiyatimizga oxirigacha ishonadiganlarlar bor" - deydi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar