Sarri: “Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan to'qnashdik”
12 iyu 2020 08:29
Yangiliklar
Sarri: “Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan to'qnashdik”
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiya A seriyasi 32-turida “Atalanta”ga (2:2) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz ayni paytda Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan to'qnash keldik. Ular maydonda o'ta hujumkor va tartibli o'yin ko'rsatishmoqda. O'yin boshidayoq to'pni yo'qotib, xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazdik. “Atalanta”ga qarshi o'ynasha judayam qiyin. Ular birinchi bo'limda bizga nisbatan ancha faolroq bo'lishdi, ammo ikkinchi taymda biz o'yinga qayta oldik. Birinchi qirq besh daqiqalikda ko'proq himoyalandik, judayam passiv o'yin ko'rsatdik. Ayni paytda “Atalanta” bilan kuch sinashish nafaqat biz uchun, boshqa istalgan jamoa uchun jiddiy boshog'riq bo'ladi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikrlar