Sarri: “Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan to'qnashdik”

12 iyul 2020, 08:29
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiya A seriyasi 32-turida “Atalanta”ga (2:2) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz ayni paytda Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri bilan to'qnash keldik. Ular maydonda o'ta hujumkor va tartibli o'yin ko'rsatishmoqda. O'yin boshidayoq to'pni yo'qotib, xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazdik. “Atalanta”ga qarshi o'ynasha judayam qiyin.  Ular birinchi bo'limda bizga nisbatan ancha faolroq bo'lishdi, ammo ikkinchi taymda biz o'yinga qayta oldik.  Birinchi qirq besh daqiqalikda ko'proq himoyalandik, judayam passiv o'yin ko'rsatdik. Ayni paytda “Atalanta” bilan kuch sinashish nafaqat biz uchun, boshqa istalgan jamoa uchun jiddiy boshog'riq bo'ladi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia