Sarri dunyodagi eng kuchli murabbiyni aytdi

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 15:15
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Siti"dagi hamkasbi Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

Italiyalik murabbiy Gvardiolani dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblaydi.

"Gvardiolani inson va murabbiy sifatida qattiq hurmat qilaman. Men uchun u dunyoning eng yaxshi murabbiyi", - dedi mutaxassis.

Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian