Sarri "CHelsi"dagi futbolchisini "Yuventus"ga olib o'tishi mumkin
23 may 2019 22:55
Yangiliklar


Sarri "CHelsi"dagi futbolchisini "Yuventus"ga olib o'tishi mumkin
"CHelsi" xavbeki Jorjinoning agenti Joao Santos agarda Mauricio Sarri "Yuventus"ni boshqaradigan bo'lsa, o'z mijozi ham u erga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
O'tgan yozda Sarri va Jorjino birgalikda "Napoli"dan "CHelsi"ga o'tishgandi.
"Jorjino - professional, "Napoli"ning ashaddiy muxlisi emas. Unga Neapol shahri yoqadi, ammo bu u aynan ushbu jamoada o'ynashi shart degani emas. Agarda u faoliyatini yakunlayotganida shunday desa bo'lardi", - dedi agent.
Oldinroq "Yuventus" boshqaruvi Pep Gvardiolaga topshirilishi borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar