Sarkisyanni sog'indingizmi? (Fotosuratlar)
01 noy 2013 17:49
Yangiliklar

Sarkisyanni sog'indingizmi? (Fotosuratlar)
SHu yilning 11 may kuni Yuriy Sarkisyan “Neftchi” bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandi.
SHundan beri oradan besh oydan ko'proq vaqt o'tdi. Yuriy Vazgenovich jamoani tark etganidan beri “Neftchi” yangi murabbiy qo'l ostida oliy ligada 16ta o'yin o'tkazdi.
Farg'onaliklar shundan ettitasida g'alaba qozongan bo'lishsa, bir bor durang qayd etib, 8ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashdi. Qizig'i shundaki, “Neftchi” oxirgi to'rt o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Bu esa vodiylik muxlislarni sarosimaga solib qo'ygan bo'lishi tabiiy hol.
Jamoaning avvalgi ustozi Yuriy Sarkisyan o'zining antiqa hazillari, gapga chechanligi bilan ajralib turardi. Hozirgi murabbiy Amet Memet esa butunlay boshqa xarakterdagi inson. Amet Abdullaevich tor doirada hazil qilishi mumkin, lekin uning ko'pchilik oldida qah-qah otib kulganini yoki bo'lmasa hazil-mutoyiba qilib gapirganini shaxsan men ko'rmaganman.
Hurmatli muxlis, siz Sarkisyanni sog'indingizmi? Uning "Neftchi"ga qaytishini xohlarmidingiz? Yoki bo'lmasa uning boshqa klubda ishlashi o'zbek futboli uchun foydali bo'larmidi? Agar bu borada fikrlaringiz bo'lsa, marhamat, izoh sifatida qoldirishingiz yoki bo'lmasa forumda muhokama qilishingiz mumkin.
1 – Uning omad keltiruvchi oq kostyum-shimi bo'lardi
2 – Matbuot anjumanlarida dastlab savolni diqqat bilan eshitardi
3 – Hatto biroz o'ylanib qolardi
4 – Keyin esa kulib javob qaytarardi
5 – O'yindan oldin juda jiddiy insonga aylanardi
6 – Hatto sovuqda ham intervyu berishdan o'zini olib qochmasdi
Xayrulla Xoliqov

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar