So’nggi yangiliklar

03:00Европа лигаси. Шомуродов майдонга тушмаган ўйинда "Рома"дан дуранг ва бошқа натижалар  10 02:55Конференциялар лигаси. Антони порлаган ва гол урган ўйинда "Бетис"дан йирик ғалаба  0 02:12Дибала "Рома"да 13-марта жароҳат олди  1 01:17Европа лигаси. Моуринью жамоасидан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:57"Манчестер Юнайтед" Гёкереш борасида бир қарорга келди  3 00:38Саудия Арабистони. "Ал Насср" муҳим ўйинда ғалабага эришди, 70 миллионлик Дуран баҳс тақдирини ҳал қилди  4 00:15Коло-Муани "Ювентус"га ўтишига ким кўндирганини айтди  0 23:45"Барселона" 5 ҳужумчи номзодини кўрмоқда  3 23:23Жоау Канселу: "Гвардиола - даҳо"  7 22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  2 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  14 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  8 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  9

Sardor Rashidov: "Nasaf" muxlislaridan uzr so'rayman va ularni to'g'ri tushunaman" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Nasaf" muxlislaridan uzr so'rayman va ularni to'g'ri tushunaman"

O'zbekiston terma jamoasi hamda Qatarning "Al Jayish" klubi vingeri Sardor Rashidov Filippinga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi va "Nasaf" darvozasiga kiritgan goli haqida to'xtaldi.


"Filippin va Bahraynga qarshi o'yinlarga tayyorgarliklar juda yaxshi ruhda o'tmoqda. Endigina terma jamoa yig'iniga qo'shilgan bo'lsamda, futbolchilar yaxshi sport formada ekanligi ko'rinib turibdi. Asosiy vazifa va maqsadimiz - muxlislarni xursand etish. O'ylaymanki, buni uddalay olamiz. Garchi Filippin va Bahraynga qarshi safardagi o'yinlarda yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, bu narsa bizni xotiramlikka berilishimizga sabab bo'la olmaydi. Xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo'q. Bu futbol va futbolda hamma narsa ruy berishi mumkin", - deya terma jamoamizning bo'lajak o'yinlari oldidan o'z fikrlarini bildirdi Sardor Rashidov.

"Nasaf"ga bilan bo'lgan o'yin? Bu bahsda juda muhim g'alabaga erishdik. Meni gol urganim bazi muxlislarga yoqmadi. Buni to'g'ri tushunaman. Ularning bundan ranjishga va mendan norozi bo'lishga haqqilari bor. Buning uchun qarshilik ishqibozlardan uzr so'rayman. Nima qilay, meni ishim shu. Kiritgan golim o'z jamoamga yordam berdi va bundan xursandman. Men shunchaki o'z ishimni qildim. Golni nishonlaganimga keladigan bo'lsak, anchadan buyon "Al Jayish" safida gol urolmay kelayotgandim. So'nggi bor "Al Sadd"ga qarshi bellashuvda o'z hisobimga gol yozib qo'ygandim. SHu bois, men uchun uzoq kutilgan gol va o'yinning so'nggi daqiqalaridagi jamoam uchun juda muhim bo'lgan to'pni kiritganimdan so'ng, to'g'risi, xursandchiligimni yashira olmadim. Agarda bu kimgadir yoqmagan bo'lsa, unda o'sha ishqibozlardan uzr so'rayman. "Nasaf"ni o'rganishda murabbiylar mendan malumot so'rashmadi va o'zlari raqibni o'rganishdi. Bevosita o'yinga haqida gapiradigan bo'lsam, biz "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan o'z chempionatimizda tur o'yinini o'tkazgandik. Jamoada charchoq bor edi. Qarshidagi bahsda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va g'alabani ko'zlaymiz. "Nasaf" juda kuchli va yaxshi shakllangan jamoa. Buni "Al Jayish" murabbiylari va futbolchilari ham juda yaxshi bilishadi.  Qarshidagi uchrashuvda yanada qattiqroq tayyorgarlik ko'ramiz. Men terma jamoa o'yinlaridan so'ng Qatarga yo'l olmayman va shu erdan to'g'ri Qarshiga boraman. "Nasaf"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari? O'ylashimcha, hammasi "Al Ayn"ga qarshi o'yinlarda hal bo'ladi", - dedi Sardor Rashidov.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика