Sardor Rashidov: "Koreyaga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi"
05 sen 2017 11:06
Yangiliklar
Sardor Rashidov: "Koreyaga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi"
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 so'nggi saralash uchrashuvini Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu uchrashuv oldidan terma jamoamiz futbolchisi Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Janubiy Koreya guruhimizdagi eng kuchli terma jamoa hisoblanadi. Koreyaga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi. Nasib qilsa muxlislarimiz ko'z o'ngida yuzimizni yorug' qilib g'alaba qozonamiz. Xitoyga qarshi uchrashuvdan oldin ovqatdan zaxarlangandim.
Ayni damda o'zimni oldingidan ham juda yaxshi xis qilyapman. Nasib qilsa jamoamga yordam beraman. Qaerda qaysi ovqatdan zaxarlanganimni bilmayman. Hozir Janubiy Koreya safarlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. Lekin ushbu uchrashuv ular uchun ham juda muhim", - deydi Sardor Rashidov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
02:00
Azizbek Erimbetov: "Keyingi bahsda biz oldingidan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz deb o'ylayman" 1
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar