Sardor Rashidov klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etadi
18 iyu 2017 22:53
Yangiliklar
Sardor Rashidov klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etadi
Qatarning "Al Jaish" klubida harakat qilgan hamyurtimiz Sardor Rashidov boshqa klubga ko'chib o'tdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidovga arab davlatlarining bir qator klublaridan taklif bo'layotgan edi. Sardor Rashidov 15 iyun kuni BAAning "Al Jazira" klubiga transfer qilindi. Rashidov "Al Jazira" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda Rashidovning o'zi championat.asia saytiga malum qildi.
Takidlash kerakki, shuningdek Franciyaning "Marsel" jamoasida to'p tepgan Lassana Diarra ham Rashidov bilan bir jamoada to'p tepadi. Eslatib o'tamiz, "Al Jazira" dekabr oyida BAAda o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar