So’nggi yangiliklar

23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  1 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  8 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0 22:09Ўзбекистон аёллар терма жамоаси футзалда Хитойдан устун келди  2 21:50"Милан"нинг қишки трансферлар ойнаси вақтидаги асосий мақсади ким бўлади?  1 21:30Тили сабабли Лапорта ишдан кетиши мумкин  6 21:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Уҳдуд" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:48"Барселона" футболчилари бойкот эълон қилишмоқчи?  10 20:35Акмал Мозговой Европа сари йўл олиши мумкин  16 20:23Гёкерешга Германиядан харидор бор  1 19:59"Зенит" Алиссонни сотиб олмоқчи  3 19:42Қарс икки қўлдан чиқади. Ҳакамлар қайтариладими?   12 19:32"Челси" январда тўрт нафар футболчиси билан хайрлашади  4

Sardor Rahmonov: "Aleksey Evstafeevga imkoniyat bermadik..." Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Aleksey Evstafeevga imkoniyat bermadik..."

AGMK himoyachisi, 2011 yil Meksikadagi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi Sardor Rahmonov yaqinda saytimiz mehmoni bo'ldi.

Suhbat davomida Sardor Rahmonov bir qator savollarga javob berib o'tdi. Ular orasida eng saralarini taqdim etamiz.

- Turli yoshdagi terma jamoalarimizda faoliyat olib borgan Aleksey Evstafeev hozirda Rossiyada faoliyat olib bormoqda. Uning chetda ishlashi biz uchun qanchalik yo'qotish hisoblanadi?
- Yaxshi murabbiyni yo'qotganmiz. Imkoniyat bermadik. Evstafeevni olib qolib biror jamoani berish kerak edi, deb o'ylayman. Imkon berilmagani uchun ham O'zbekistondan ketdi. Menimcha qaytmaydilar.

- Yanada o'sishingiz uchun o'sha pallada nima to'sqinlik qilgan?
- Xarakterim. Tez xafa bo'lardim. Yosh bo'lganman. Hamma ayb o'zimda.

- 2018 yildan keyin AGMK - "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuvlarga omma tomonidan turli shubhalar sifatida qaraldi...
- To'g'ri. Lekin "Paxtakor" o'sha payt tarkib bo'yicha eng kuchlisi edi. Ular haqqoniy yutgan. Tan olish kerak. Agar bunday holat yuz berganida maydonga chiqmasdim.


Video intervyuning to'liq qismini tez fursatlarda etiboringizga havola qilamiz.





Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика