So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  92 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Sardor Qahhorov: "Jamoani oliy ligadan tushirvorishga haqqimiz yo'q!" Yangiliklar

Sardor Qahhorov: "Jamoani oliy ligadan tushirvorishga haqqimiz yo'q!"

Teglar :  Sardor Qahhorov
Oliy liga debyutanti "Obod" turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan joy olib turibdi.

Bu yog'iga Jafar Irismetov shogirdlari uchun har bir ochko oltinga teng bo'ladi. Xususan, bugun bo'lib o'tadigan "Obod" - "Navbahor" uchrashuvi ham olti ochkolik bahsdir. Biz bellashuvdan oldin mezbonlar himoyachisi Sardor Qahhorovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Men "Obod"ga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan bo'lsamda, qisqa vaqt ichida ichki muhitga moslashib ketdim. Sababi, jamoada ahil kollektiv yig'ilgan. Futbolchilar bir-biri bilan juda inoq. SHuning uchun muhitga moslashishim qiyin kechmadi. Qolaversa, jamoadoshlarimni qattiq hurmat qilaman. Bunday klubni oliy ligadan tushirib yuborishga haqqimiz yo'q. Boz ustiga, rahbariyat ham bizga ishonib, qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Bizdan talab qilinadigani shuki, navbatdagi g'alaba qozonib, oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak. Garchi ikkinchi davraning yarmiga kelib ulgurgan bo'lsakda, hali imkoniyatimiz bor. "Navbahor" ham hurmatga loyiq raqib. Bugungi bahs murosasiz kechishi aniq. Ammo bizni faqat g'alaba qoniqtiradi va maydonga uch ochko uchun tushamiz.

"Obod" matbuot-xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика