So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  1 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Sardor Azmun: “Topgan pullarimning hammasini ota-onamga beraman” Yangiliklar

Sardor Azmun: “Topgan pullarimning hammasini ota-onamga beraman”

Teglar :  Sardor AzmunRostov
“Rostov” klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi Rossiyadagi 5 yillik faoliyati mobaynida ilk intervyusini “R-Sport” muxbiriga berdi.

Unda u faoliyati, terma jamoa, transferi bilan bog'liq mojaro va boshqa masalalar xususida ko'plab savollarga javob qaytardi. Eksklyuziv intervyuning birinchi qismini etiboringizga havola etamiz.

- Sardor, siz Rossiyaga ancha uzoq oldin kelgansiz. Biroq klub matbuot xizmatini hisobga olmasa, katta intervyu bermagansiz. Bu erga kelganingizda qanday bo'lgan? Hozir o'zingizni qanday his qilasiz?
- Rossiyaga ilk bor kelganimda juda yosh edim. O'shanda hammasi juda qiyin tuyulgandi. 17 yosh bo'lganman. Rostdan ham qiynalganman. Menga tug'ilgan vatanim yoqardi. Erondan Rossiyaga ketgan paytimda ancha xafa bo'lgandim. Lekin 2-3 oydan so'ng barchasi yaxshilandi. Bu erdagi hayotimdan zavq olishim kerakligi haqida o'zimga aytdim. Bu menga nasib qildi. Mamlakatimni qo'msashni to'xtatib, etiborimni futbolga qaratdim. SHunda g'alaba qildim deb o'ylayman.

- Oilangiz siz bilan ko'chib keldimi?
- Yo'q, faqat otam va onam. Boshqalar vaqti-vaqti bilan ko'rgani kelib turishadi. Opam, uning turmush o'rtog'i va bobom.

- Ota-onangiz qanday qilib ko'chib o'tishga rozi bo'lishdi?
- Bu qiyin kechdi demagan bo'lardim. Ularga Rossiya yoqadi. Ular birinchi kundayoq Eronga qaytishni istashmayotgani, bu er ularga yoqayotganini takidlashdi. Menga ham Eron yoqadi, ammo bu erda yashash juda yaxshi.

- Oilangiz sportchilardan iboratmi?
- Ha, otam 8 yil voleybol terma jamoasida o'ynagan, opam ham o'ynagan. Onam shunchaki voleybol o'ynardi. Faqat opamning turmush o'rtog'i sportga taalluqli emas, ammo u ham sportni yoqtiradi.


- Ota-onangiz Rossiyada nima bilan mashg'ul?
- Ular hayotdan rohatlanishadi.

- Ular ishlashmaydimi?
- Yo'q, ularning ishlashini xohlamayman. Otam men tug'ilgan shaharda voleybol murabbiyi bo'lib ishlagan. Jamoa “Gondbad” deb nomlanardi. Biroq bir safar unga hurmat bilan munosabatda bo'lishmagan. SHundan keyin undan ishlamasligini so'ragandim. Bir marta yutqazilgan o'yindan keyin ular o'zlarini noto'g'ri tutishgan. SHu sababli otamdan klubga qaytmasligini iltimos qilganman. Hozir ishlab topgan pulimning barchasini ota-onamga beraman.

- Boshqa qarindoshlaringiz ham o'yinlarga kelib turasizmi?
- Ha, men yoshman. Bazida 20-30 nafar qarindoshlarimni taklif qilaman. Misol uchun, “Atletiko” bilan Rostovdagi uchrashuvga deyarli barcha yaqinlarim kelishdi. Ular kelganda xursand bo'laman. Mening ajoyib oilam bor.

- Rossiyadagi hayotga ko'nikib ketishingiz uchun qancha vaqt ketdi?
- Boshida qiyin kechgani tabiiy hol. To'liq moslashish uchun bir yil kerak bo'ldi. Haligacha bu erda etishmayotgan narsa bor, chekdirme. Bu turkmancha taom. U guruch va tovuq go'shtidan iborat.

- “Rubin”ga kelganingizda jamoada sizga ustozlik qilgan kimdir bo'lganmi?
- Aniq bir inson bo'lmagan. Yoshi katta barcha futbolchi o'ziga xos ustozlik qilganlar. Qozonga endigina kelgan vaqtimda Alirizo Haqiqiy bilan do'stlashganmiz. Bazida menga Blagoy Georgiev, Oleg Kuzmin, Yann Mvila yordam bergan.

- Eron va Rossiyani solishtirsak, qanday farq ko'zingizga darhol tashlanadi?
- Madaniyat o'z-o'zidan katta farqqa ega.

- Aniq biror narsani qayd etish mumkinmi?
- Biror narsani aytishim qiyin. Farqni 90 foiz deb ayta olaman.


- Eron – musulmon mamlakat, siz – musulmon. Rossiyada ham musulmonlar ko'p, bazi alohida respublikalarda islom dini asosiy din sanaladi. Diniy tarafdan farqni sezasizmi?
- Meni va dinimni bu erda hurmat qilishadi – bu eng muhimi. Men ham boshqalarni hurmat qilaman. Men uchun insonning qaysi dinga itoat etishi ahamiyatga ega emas.

- Unda asosiy farq nimada?
- Menimcha, eronlik odamlar juda ochiq, ular his qilayotgan narsalarini boshqalar bilan bo'lishishni xohlashadi. Rossiyada bu borada boshqacha. Baxtiyor insonlar ham buni o'zgalar bilan baham ko'rishmaydi. Eronda odamlar birgalikda 10-20 nafar bo'lib xursandchilik qilishadi. Bu erda esa shunday narsani ko'rmadim. Balki, adashayotgandirman.

- Odamlar Rossiyada yopiq deb aytmoqchimisiz?
- Ha, shunday. Eronda insonlar ochiqroq, shuning uchun meni ko'rgani kelishganda doim bundan baxtiyorlik sezaman.

- Bir marta Ashkan Dejaga “Volfsburg” tarkibida Isroilga borishdan bosh tortgandi, eshitganmisiz?
- Ha, Eronning Isroil bilan munosabati unchalik yaxshi emas, lekin men bunday qilmagan bo'lardim. Mening bir do'stim bor - Bibras Natxo, u isroillik. Uni juda hurmat qilaman. U – ajoyib yigit. Mamlakatlar o'rtasidagi munosabat bizga tasir qilmaydi.

- Siz Yaratganga ishonuvchanmisiz?
- Ha, lekin bu mening shaxsiy ishim. Boshqalarni so'roq qilmayman. Sizning musulmon, xristian yoki boshqa din vakili ekaningiz muhim emas. Eng muhimi – yaxshi inson bo'lish. SHu sababli yaxshi bo'lishga intilaman. Musulmon bo'la turib, yomon inson bo'lsam, unda nima? Musulmon bo'lganim tufayli yaxshi bo'lishim shart. O'z navbatida xristianlarda ham shunday.

- Haj qilishni rejalashtiryapsizmi?
- Makkada 5 yil avval “Sepaxan” bilan bo'lganman. Eron jamoalari Saudiya Arabistoniga borishganda Haj qilib qaytishadi.

- Oilangiz qatiy ananalarga rioya qiladimi?
- Ha, onam shunday. U barchani nazoratida saqlashga urinadi. U men uchun juda qayg'uradi, chunki men uning yagona o'g'liman. Ular menga biror narsani taqiqlashmaydi, ammo nimadir deyishsa, quloq solaman.

- “Rostov”da yaqin do'stlaringiz bormi?
- Barcha o'yinchilar bilan do'stlashaman. “Rubin”da o'ynaganimda ham meni hurmat qilishardi va do'stlarim bor edi: Taras Burlak, Magomed Ozdoev. “Rostov”da barcha futbolchi do'stim.

- Hamyurtingiz Said Izzatullohi bilan do'stmisiz?
- Juda yaxshi. Uni ukam deb aytishim mumkin. Said yosh o'yinchi, u ko'p ishlashi kerak. Buni unga ko'p gapiraman, yordam berishni xohlayman.

- U bir yosh kichik xolos.
- Ikki yosh. Hatto bir oyga kichkina bo'lganda ham baribir kichkina bo'lardi. U kelganda yordam berishni istagandim. O'shanda men haqimda qanday o'ylaganini bilmayman, ammo juda tez do'stlashib ketdik.

- Saiddan boshqa kimni aka-ukangiz deb ayta olasiz?
- “Rostov”dami? Barchani. Rosmanasiga Janaev, Gackan, Kalachev, Kudryashov, Navas, Noboa. Mashg'ulotimizni ko'rishingiz kerak. Yoshman va ular menga yaxshi munosabatda bo'lishadi. Ularni hurmat qilaman.


- SHaharda o'zingizni uydagidek his qilasizmi?
- Ha. Rostov menga Qozondan ko'proq yoqadi. Tanlash imkoni bo'lganda Rostovni tanlagan bo'lardim.

- Eronda sportchilar katta mashhurlikka ega, shundaymi?
- Eronda futbol va futbolchilarni juda yoqtirishadi. Rossiyada bunday holatni ko'rmadim. Stadionga 100 ming odam keladigan uchrashuvlar bor. SHovqindan maydondagi sheriklaringni eshitib bo'lmaydi.

- “Instagram”da 1,3 million obunachiga egasiz. Siz shuncha tasir ko'rsata oladigan hisga egamisiz?
- Bunday deb o'ylamayman, ular uchun qiziqman. Menga bunday qo'llab-quvvatlash yoqadi, biroq nega shunday ekanini bilmayman. Har bir futbolchi uchun mashhurlik yaxshi, chunki bu ishqibozlarni stadionga jalb qiladi va ular qarshisida yaxshiroq o'ynasa bo'ladi. Eronda shunday holat ro'y beradi. Rostovda ham shunga o'xshash vaziyat. Muxlislar stadionga kelganda jamoa yaxshiroq o'ynaydi. “Instagram”ni juda muhim deb hisoblamayman. Faoliyatim va qanday o'ynayotganim hammasidan muhimroq.

- Ijtimoiy tarmoqlarda eronlik eng mashhur futbolchimisiz?
- Ha, hozir mening obunachilarim ko'proq. Yaqin do'stim Mehdi Taremida ularning soni ozgina kamroq.

- Taremi haqida aytib bersangiz.
- U yaxshi yigit va futbolchi. Nega haligacha Eronda o'ynayotganini tushunmayman. U Evropada o'zini sinab ko'rishini istardim. Mehdida hali imkon bo'ladi, endi 24ga to'ldi. Uni boshqa bir o'yinchi – Alirizo Jahonbaxsh bilan taqqoslashim mumkin.

- Biror qiziq voqeani aytib bera olasizmi?
- Kalachev haqida aytishim mumkin. Ehtimol, so'zlarda bu hayotdagidek qiziq tuyulmasligi mumkin. O'rnimda bo'lganingizda buning juda qiziqarli bo'lganini bilardingiz. U hakam bilan ingliz tilida gaplashdi, ammo inglizchasi yomon. “Atletiko” bilan uchrashuvda Godin Eroxinga nisbatan qo'pol o'ynadi. Kalachev hakam yoniga kelib, uni turtdi, hakam savol nazari bilan qaradi. Kalachev jim va faqat “referi-referi” deb gapirardi. U juda yaxshi yigit. Unga qaradim va aytdim: “Kalachev, ket, inglizcha gapira olmaysan”. U esa “Azmun, unga fol bo'lganini ayt, iltimos” (kuladi). Maydonda juda kulgili chiqdi.

- Eron terma jamoasidagi birinchi o'yiningizni eslaysizmi?
- Rasvo o'ynagandim. CHernogoriya bilan uch yil oldin maydonga tushgandik. Nega shunday o'ynaganimni bilmayman, balki jahon chempionatidan oldin hayajonlanganman. Birinchi marta maydonga tushgandim. 20 kundan so'ng jahon chempionatida ishtirok etishimiz lozim edi. Qo'llarim qaltirab turgandi.

- Hozir asosiy futbolchilardan biriga aylandingiz.
- Bunday demayman, har bir futbolchi muhim. Biz birinchi o'rinda Eron terma jamoasi to'g'risida o'ylashimiz lozim. Osiyoda eng yaxshi jamoamiz. O'yinchilar jamoaga yordam berish uchun borlarini berishi darkor. Agar men o'ynamasam, o'rnimda mendan yaxshiroq boshqa bir sherigim harakat qiladi.

- Eronda Rossiyadagi jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bormi?
- Hozir saralash guruhida birinchi o'rindamiz. Yoshlardan iborat ajoyib jamoaga egamiz. Kuchimiz bunga etadi, ammo mundialda eng kamida guruhda ikkinchi pog'onani egallash va pley-offga chiqish uchun juda yaxshi o'yin namoyish qilishimiz lozim. Jahon chempionatiga borib, guruhda oxirgi o'rinni egallash yaxshi emas. Imkon qadar uzoqroqqa etib borishimiz kerak.


- Buning imkoni bormi?
- Albatta. Zarur etiborni saqlab qolsak va ko'p ishlasak. CHilini Vidal, Sanches va Bravo o'ynaganda 2:0 hisobida mag'lub etdik. Osiyoda iqtidorli futbolchilar ko'p. Ular bemalol yuqori darajali terma jamoalarda o'ynashga qodir.

- Masalan?
- CHili, Braziliya.

- Braziliyani mag'lub eta olasizlarmi?
- Ular ham biz kabi futbol o'ynashadi. Nega ularni yutolmaymiz? Murabbiylarning ko'rsatmasini to'liq bajarsak va barchasini tartib bilan qilsak, uddalaymiz.

- Siz Suriyaga qarshi oxirgi o'yinni kartochkalar sababli o'ktazib yubordingiz. Uchrashuv Malayziyada bo'lib o'tdi.
- Maydon holati dahshatli edi, tinimsiz yomg'ir yog'di. Nega u erda o'ynatishganini bilmadim. Boshqa maydonda Suriyani mag'lub etgan bo'lardik.

- Osiyoda maydonlar holati yomonmi?
- Yo'q, hamma erda emas. Eronda ikkita yaxshi maydon bor. Eron chempionati klublarida maydonlar yaxshi emas. Terma jamoalar darajasida esa hamisha maydonlar yaxshi holatda.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика