Sardor Azimov: "Qishki yig'inda urmagan gollarimizni Superliga uchun olib qo'ygan edik"
16 mar 21:54
Yangiliklar
Sardor Azimov: "Qishki yig'inda urmagan gollarimizni Superliga uchun olib qo'ygan edik"
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Surxon" "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng "burgutlar" yarim himoyachisi Sardor Azimovning fikrlarini tingladik.
"O'yindan oldin "Surxon"ning 2 ta uchrashuvini ko'rib chiqdik. Etarlicha malumot bor edi. Kuchli va kuchsiz jihatlarini bilardik. Aynan mana shu faktor g'alabamizda muhim rol o'ynadi.
"Surxon" o'yin 90 daqiqa bo'lishini ko'rsatib qo'ydi va bizni jazoladi. G'alaba qozonganimiz yaxshi. Lekin bugungi xatolarni boshqa takrorlamasligimiz shart.
Etibor bergan bo'lsangiz, qishki yig'inlarda jamoamiz gol urishga qiynaldi. Barchasini rasmiy o'yinlarga olib qo'ygandik (kuladi).
Jamoamiz bu yilga kelib yanada yaxshi shakllandi. Tarkib saqlanib qolindi. Yigitlar bir-birini yaxshi tushunib olgan. Bu startda yaxshi foyda bermoqda",- deydi Sardor Azimov.
Fikrlar