Sarabiya Italiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
06 iyu 2021 13:51
Yangiliklar
Sarabiya Italiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pablo Sarabiya o'z jamoasiga Evro-2020 yarim finali doirasidagi Italiyaga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi.
Bu haqda "qizil furiya" bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida aytib o'tdi.
"Sarabiyadan tashqari barcha o'yinchilar yarim finalga tayyorlar. Intizorlik bilan bahsni kutmoqdamiz", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Sarabiya SHveycariyaga qarshi 1/4 final o'yinida jarohat olgan edi.
Fikrlar