Sanjar SHoahmedov: "Ishonchni oqlashga harakat qilaman"
12 iyu 2015 11:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175135_original.jpg)
![](/upload/storage/175135_220.jpg)
Sanjar SHoahmedov: "Ishonchni oqlashga harakat qilaman"
O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan "Lokomotiv" futbolchisi Sanjar SHoahmedov bugungi mashg'ulotlardan keyin saytimizga qisqacha intervyu berdi.
"Terma jamoaga chaqiruv olganimdan xursandman. Endi qo'ldan kelgancha harakat qilib, ishonchni oqlash kerak. Imkoniyatdan foydalanib o'zimni ko'rsatishim lozim. Bugundan boshlab mashg'ulotlarga qo'shildim. Terma jamoada muhit juda yaxshi. Bu erda "Lokomotiv"da birga to'p suradigan jamoadoshlarim ham ko'p. Jamoadagilar bilan til topishishda muammolar yo'q. To'g'risi meni bu taklifni kutmagandim. Bu xabarni eshitish juda yoqimli bo'ldi. Bor etibor va kuchimizni SHimoliy Koreyaga qarshi o'yinga qaratamiz. Bu uchrashuvdagi g'alaba juda zarur. Ruhan bosim yo'q, har tomonlama bosh jamoamizga yordam berishga tayyorman", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Sanjar SHoahmedov.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar