So’nggi yangiliklar

10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  91 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  3 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  5 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  3 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  47 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  9 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  5

Sanjar Asqaraliev: “Hech qachon raqobatdan cho'chimaganman” Yangiliklar

Sanjar Asqaraliev: “Hech qachon raqobatdan cho'chimaganman”

“Neftchi” jamoasi ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rdi.
Tanaffusdan foydanalgan klub rahbariyati jamoa safini kuchaytirishga harakat qilishdi. Jumladan, “Neftchi” safiga ikkinchi davra arafasida sakkiz nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonining asosiy qismi Toshkentda olib borildi. 

“SHo'rtan”ga qarshi kechadigan o'yindan oldin jamoa etakchisi Sanjar Asqaraliev bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

- Birinchi davra so'nggidagi g'alabalar futbolchilar ruhiyatini kutarib yubordi. O'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Hozir barchaning kayfiyati alo. Men ham qolgan o'yinchilari kabi “SHo'rtan”ga qarshi kechadigan o'yin haqida o'ylayapman. Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Albatta. Toshkentdagi yig'in chog'ida bir nechta jamoalar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik va bu o'yinlar bizga asqotdi.

- Jamoa safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar borasida nimalar deya olasiz?
- Jamoamiz safiga kelib qo'shilgan o'yinchilarning barchasi yuqori saviyali. Murabbiylarimiz har bir chiziqni kuchaytirishga harakat qilishdi. O'ylaymanki, olib borilgan selekciya ishlari o'z samarasini beradi.

- Yangi futbolchilar kelgach, jamoada raqobat ham kuchaydi. Endi asosiy tarkibda maydonga tushish oson bo'lmaydi.
- Nimani nazarda tutayotganingizni tushundim. Men hech qachon raqobatdan cho'chigan emasman. Bundan tashqari, kimni maydonga tushirishni murabbiylar hal etishadi. Professional futbolchi sifatida ularning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilaman. “Neftchi” o'yinchisi ekanman, jamoaning g'alabasi uchun bor mahoratimni ishga solaman. 

Abror Dehqonov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика