Sanya Pogbaning navbatdagi jamoasini taxmin qildi
28 apr 2020 23:29
Yangiliklar


Sanya Pogbaning navbatdagi jamoasini taxmin qildi
Franciya terma jamoasi va "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Bakari Sanya "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi borasida fikr bildirdi.
"U Krishtianusi bor "Yuventus"ga o'tsa kerak. Pogba Turinni yaxshi ko'radi va u erda yangi chorlovlarni qabul qiladi.
"Real"ga o'tish uning uchun og'irroq yo'l bo'ladi. Hozirda jamoa asosan qariyalardan tashkil topgan va u erda Poldan ko'p narsani kutish ham noo'rin bo'lib qoladi.
"Yuventus" esa Remzi va Krishtianu kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolab, qanday yo'lda ketayotganini ko'rsatdi. Ha, Ronaldu yosh futbolchi emas, biroq u hali ham yoshlar kabi mehnat qilmoqda. Har qanday holatda ham "Yuventus"da yoshlar biroz ko'proq.
Menimcha yaqin 2-3 yilda "Real"dan ko'ra "Yuventus"da potencial kattaroq bo'ladi", - dedi Sanya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar