Santush: "Ronaldu "Oltin to'p"ni olmasa, adolatsizlik bo'ladi"
09 noy 2018 12:23
Yangiliklar


Santush: "Ronaldu "Oltin to'p"ni olmasa, adolatsizlik bo'ladi"
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santushning fikricha, milliy jamoa va "Yuventus" hujumsisi Krishtianu Ronaldu joriy yil "Oltin to'p"ni olishi kerak.
"Ronaldu "Oltin to'p"ga munosib, buning uchun unda hamma narsa bor. Agar sovrin Krishtianuga nasib etmasa, bu adolatsizlik bo'ladi" - deydi Santush.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2008, 2013, 2014, 2016 va 2017 yillarda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar