Santush Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkin
12 dek 2022 21:32
Yangiliklar


Santush Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkin
Fernandu Santush terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng Portugaliya bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, yaqin kunlarda Portugaliya futbol federaciyasi murabbiy bilan yig'ilish o'tkazadi, shundan so'ng uning kelajagi borasida qaror qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fernandu Santushning Portugaliya futbol federaciyasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgi Evropa chempionati oxirigacha amal qiladi.
Mutaxassis 2014 yilning yozida Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar