Santush mag'lubiyatga izoh berdi
20 iyu 2021 08:35
Yangiliklar
Santush mag'lubiyatga izoh berdi
“O'yinni yaxshi boshladik. Tashkiliy jihatdan futbolchilar bir birlarini o'zaro yaxshi tushunib to'p tepib, hujumda omadimizni izladik. Qarshi hujumdan samarali foydalanib, hisobni ochganimizdan keyin raqib katta kuch bilan oldinga o'tishini bilardik. Germaniya termasi kuchliroq edi, ammo biz o'yinni tashlab qo'ymadik. Qarshi hujumda yana gol urib olishimiz mumkin edi, biroq yakun biroz boshqacha bo'ldi.
Tanaffusdan keyin nimanidir o'zgartirishga urindik, ammo uchinchi va to'rtinchi gollarni o'tkazib yubordik. Bu jamoani qiyin holatga tushirib qo'ydi. SHunga qaramay o'z o'yinimiz bilan raqibga javob berishga urindik. Hisobdagi farqni qisqartirdik, darvoza ustunini nishonga oldik, yana bir-ikki vaziyat bo'ldi. Nemislar esa bizga bosim qilishda davom etishdi. Bu ularning haqqoniy g'alabasi edi.
Keyingi o'yinga “sovuq” bosh bilan munosabatda bo'lishimiz kerak. Francuzlarga qarshi bellashuv biz uchun nihoyatda muhim”, deya Santushning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
Fikrlar