Sanshesh "Liverpul"ga o'tmasligi mumkin
18 avg 2021 09:35
Yangiliklar
Sanshesh "Liverpul"ga o'tmasligi mumkin
"Liverpul" "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh bilan shartnoma imzolashga ulgurmasligi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining xarididagi xavf 23 yoshli futbolchining bir necha kun oldin olgan tizzasidagi jarohat bilan bog'liq.
Jarohat jiddiy bo'lib chiqdi va xavbek dushanba kuni operaciya qilinadi. Tiklanishga esa 6 hafta atrofida ketadi. "Liverpul"ga transfer esa amalga oshmasligi mumkin, Sanshesh transfer oynasi yakuniga qadar yangi klubida tibbiy ko'rikdan ham o'ta olmaydi.
Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda hozircha bitta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar