Sanjar Tursunov Koreyada debyut o'yinda gol urdi
04 avg 2018 20:10
Yangiliklar
Sanjar Tursunov Koreyada debyut o'yinda gol urdi
Janubiy Koreya K-2 ligasida 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik Sanjar Tursunov va SHohruh Gadoev o'ynayotgan "Tedjon Sitizen" klubi o'z uyida "Gvangju" bilan durang o'ynadi.
Zaxiradan maydonga tushgan Tursunov 84-daqiqada gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Tedjon Sitizen" - "Gvangju" 1:1
Gollar: Sanjar Tursunov 84 - Jung Yeong CHong 19
Fikrlar