So’nggi yangiliklar

18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  0 18:13"Андижон" - "Ал Аҳли". Асосий таркиблар эълон қилинди  7 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   0 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  8 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  15 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9

Sanjar Quvvatov: "Uzoqdan gol o'tkazib yuborgan o'yinimda to'p engil, maydon esa plyaj futboliniki kabi edi. Yaxshi o'yin bo'lishi uchun yaxshi maydon kerak" Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "Uzoqdan gol o'tkazib yuborgan o'yinimda to'p engil, maydon esa plyaj futboliniki kabi edi. Yaxshi o'yin bo'lishi uchun yaxshi maydon kerak"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar darvozaboni Sanjar Quvvatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qanday o'tdi deb o'ylaysiz?

- Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Natija, albatta, qoniqtirmadi, sababi maydonda bir kishi ko'p bo'lib qolishimizga qaramay, ustunlikdan foydalana olmadik. Lekin jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular o'yin so'ngiga qadar kurashishdi. Keyingi o'yinlarda g'alaba uchun harakat qilamiz.

- "Qizilqum" o'yin yakuniga 15-20 daqiqa qadar vaqt qolganda bir kishi ko'p bo'lib qolganiga qaramay, himoyaviy o'yinni davom ettirdi. Jamoa Toshkentga durangni maqsad qilib kelgandek taassurot qoldirdi.

- Yo'q, biz g'alaba uchun kelgandik. Taktikamiz qarshi hujumdan iborat edi. Biz murabbiylar ko'rsatmalariga asosan harakat qildik. Himoyaga to'liq yotib olganimiz yo'q, hujumlar tashkil qildik. Qisqa aytganda, o'z taktimizdan chetga chiqmagan holda qarshi hujumlarda o'z omadimizni sinab ko'rdik.

- Sizni penaltilarni qaytarishda mohir ekanligingizni bilamiz. Biroq so'nggi o'yinlarda uzoq masofadan gol o'tkazib yuborganingizga guvoh bo'ldik. Darvozabon uchun qay biri noqulay: uzoq masofadan kuchli zarba yoki yaqin masofadan yo'llangan zarba?

- Uzoq masofadan o'tkazib yuborilgan golni izohlasam, o'sha to'p meyoridan ancha engil vazndagi to'p edi, bunday to'pda yo'llangan zarbani qaytarish esa barcha darvozabon uchun qiyinchilik tug'diradi. Qolaversa, maydonning yomonligi tasir o'tkazdi. Bir kun avval mashg'ulotlardayoq jahlim chiqishni boshladi. Chunki darvozabon uchun bunday maydon plyaj maydonida futbol o'ynaganga o'xshaydi. O'sha o'yinda ("Buxoro"ga qarshi o'yin nazarda tutilmoqda. O'yin "Jar" stadionida o'tkazilgan – tahririyat) ikki oyog'im qumga kirib qolgani uchun sakray olmadim. To'p sakrashi ham kerak emasdi. Yaxshi maydon bo'lganida, to'pni bemalol ushlab olish mumkin edi. Shu bois, maydonga ko'proq etibor berishlarini xohlardim. Yaxshi futbol guvohi bo'lish uchun maydon yaxshi bo'lishi kerak. "Bunyodkor" yuqori standartlarga javob beradigan maydon hisoblanadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика