Sanjar To'raqulov: “Obod” bilan do'stona xayrlashdik”
13 iyu 2016 12:28
Yangiliklar
Sanjar To'raqulov: “Obod” bilan do'stona xayrlashdik”
Oliy liga debyutanti “Obod” safini markaziy yarim himoyachi Sanjar To'raqulov tark etishga qaror qildi. Buning sababi futbolchi quyidagicha izohladi.
- “Obod” bilan do'stona ravishda xayrlashdik. U erda ajoyib damlarni o'tkazdim. Ahil bir oila yig'ilgan. Nima uchun ketdim? CHunki birinchi davrada ko'p vaqtimni zaxirada o'tkazishga majbur bo'ldim. Murabbiylar ishonchi biroz pasayganini his qildim va jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. Rahbariyat ham qarorimni xurmat qildi va qarshilik ko'rsatmadi.
- Hozir erkin agentman va takliflar bo'lishin kutyapman. Ayrim klublar og'zaki ravishda xizmatimga qiziqqan edi. Ko'ramiz, agar kelisha olsak yaqin orada yangi klubimni nomini malum qilaman. Ayni damda uydaman. O'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman, - deydi To'raqulov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar