So’nggi yangiliklar

12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  0 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  2 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  15 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  17 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  34 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12

Sanjar SHoahmedov: “Biz bekordan bekorga shu bosqichgacha etib kelmadik” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Biz bekordan bekorga shu bosqichgacha etib kelmadik”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi OCHLning chorak finalida safarda “Al–Ayn” mehmoni bo'ladi. Ushbu bahs oldidan “temiryo'lchilar” yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

“Al–Ayn”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik o'tkazdik. Ko'proq jismoniy holatga etibor qaratdik. Bazida 2 mahalldan mashg'ulotlar o'tkazdik. CHempionatimizning ikkinchi davrasida “Al–Ayn”gacha 5 ta o'yin o'tkazdik. SHuni o'zi ham biz uchun katta tayyorgarlik bo'ldi. Murabbiylarimiz bizni ushbu bahsga jiddiy tayyorladi. Nasib qilsa safardan yaxshi natija bilan qaytamiz. “Al–Ayn”ni 2,3 ta o'yinlari yozilgan video lavhasini ko'rib, o'rganib chiqdik.

Murabbiylarimiz bizga raqibimizni qaysi tomoni kuchli qaysi tomoni kuchsiz, shularni tushuntirdi. Ularda chempionat hali boshlanmagan. Bizda esa chempionatimiz ayni qizg'in pallada. “Al–Ayn” faqat o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishdi. O'rtoqlik o'yini bilan rasmiy uchrashuvlarni farqi katta. Balki ular ham bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishgandir. “Al–Ayn” ham kuchli jamoa. 23 avgust kuni yaxshi natija qayd etamiz degan umiddaman. Safardan durang natija bilan qaytish yomon natija emas. Lekin iloji boricha 3 ochko bilan qaytishga intilamiz. Raqib jamoada u futbolchi o'ynar ekan, u kuchli ekan degandan ko'ra futbolni yig'ishtirib qo'ygan yaxshi. “Al–Ayn”ga qarshi kim maydonga tushsa ham hayiqmagan holda o'ynaydi. Biz hech bir jamoadan cho'chimaymiz. Jamoadagi barcha yigitlar har qanday jamoaga qarshi bir xil o'yin ko'rsatadi. Biz bekordan bekorga shu bosqichgacha etib kelmadik. Balki ular ham bizdan cho'chishayotgandir. Nasib qilsa safardan g'alaba bilan qaytamiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика