So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  2 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  19 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Sanjar Rashidov: "So'g'diyona" yangi mavsumda o'tgan yilgidan yuqoriroq o'rinni egallamoqchi" Yangiliklar

Sanjar Rashidov: "So'g'diyona" yangi mavsumda o'tgan yilgidan yuqoriroq o'rinni egallamoqchi"

O'zbekistonda yangi futbol mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi.

Superliga jamoalari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda. Boshlanajak mavsum uchun tayyorgarlikni Toshkentda o'tab, Jizzax shahriga qaytgan va qisqa tanaffusga chiqqan “So'g'diyona” jamoasi futbolchilaridan birini intervyuga chorladik. Jamoa etakchisi bo'lgan Sanjar Rashidov yangi mavsum haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'tgan mavsum “So'g'diyona” jamoasi yaxshigina o'sishga erishdi. Jamoa Superligada 4-o'rinni egalladi. So'nggi turda “Bunyodkor” jamoasi mag'lub etilganida OCHLga chiqishi ham mumkin edi. Aytingchi, so'nggi turda jamoaga nima etishmadi va bu mavsum ham o'tgan mavsumdagiga o'xshash cenariy bo'ladimi? Balki undan yaxshiroqdir...

- O'tgan mavsumdagi so'nggi turda bo'lgan “Bunyorkor” bilan o'yinda biroz omad etishmadi. Bu yilgi maqsadlarimiz avvalgi mavsumdagidan ancha yuqori. O'tgan yilgi o'rindan yuqoriroq o'rinlarni egallash maqsad qilingan.

- O'tgan mavsum boshida Sergey Lushchan o'rniga Ulug'bek Baqoev keldi va jamoaning natijalari ancha yaxshilandi. Bu nima bilan bog'liq: Baqoev ichki muhitni yaxshigina o'zgartirdimi yoki Lushchan davrida qandaydir muammolar bormidiki, ularni Baqoev bartaraf etgan?

- Ulug'bek Baqoev kelganidan so'ng jamoa azolariga ishonch bildirib, yigitlarni birlashtirdi. Barcha futbolchilarga ishondi, hammani bitta oila qila oldi. Jamoani ruhlantirib, nazorat qila oldi. Mana shularning evaziga, biz shunday o'yin ko'rsatdik.


- Jamoaga bu yili yangi futbolchilar, legionerlar kelib qo'shildi. Ular jamoaga kirishib keta olishdimi?

- Jamoaga kelgan yangi futbolchi va legionerlar haqida aytadigan bo'lsam, ular ancha qo'shilib keta olishdi jamoaga biz bilan birga. Yaxshi moslashib keta olishdi.

- Mavsumoldi tayyorgarlikni jamoa Toshkentda o'tadi. Boshlanajak futbol mavsumiga jamoa tayyormi?

- Yangi mavsumga jamoa deyarli 80 foizga tayyor. O'yindan-o'yinga tayyorgarligimiz ortib boraveradi. Barcha qanday maqsadda ekanligimizni yaxshi tushunib turibdi.

- 1-turini safarda “Mashal” jamoasiga qarshi o'tkazasizlar. Superligaga bu yili qo'shilgan bo'lsada “Mashal” ham jiddiy raqib. Bo'lajak o'yin haqida fikringiz?

- “Mashal” jamoasi bilan bo'ladigan o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, juda qiziq bahs bo'ladi. Mavsumning dastlabki uchrashuvida hammaning ochko olishga xohishi baland bo'ladi. “Mashal” ham Pro-ligadan chiqqan bo'lsada, lekin ular avvaldan Oliy ligada o'ynagan jamoa, shu bois ham ular bilan o'tadigan bahs qiziqarli bo'ladi.

Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика