Hakim Fuzaylov: "Jamoam 70 daqiqa futbol o'ynayapti. Balki o'rnimga boshqa murabbiy mavsumni tugatib qo'ygani maquldir"
30 okt 22:02
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Jamoam 70 daqiqa futbol o'ynayapti. Balki o'rnimga boshqa murabbiy mavsumni tugatib qo'ygani maquldir"
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo "Dinamo" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Mana nechanchi o'yindirki, bahsni yaxshi boshlayapmiz, biroq 70 daqiqa futbol o'ynayapmiz. Superligada qolish uchun hamon imkoniyatga egamiz, lekin o'yin oxirigacha kuchimiz etmayotgan ekan bu avvalo mening xatoyim deb bilaman. Bundan esa xulosa chiqarish kerak deb o'ylayman. Aytib o'tganimdek, toki Superligada qolish uchun imkon bor ekan, balki o'rnimga boshqa murabbiy mavsumni tugatib qo'ygani maquldir. Ishonch bilan o'ynayapmiz, ammo oxirigacha shu ishonchni ushlab qola olmayapmiz. 70-daqiqadan keyin ko'p narsa o'zgarib ketyapti.
- Bosh murabbiy sifatida nimalar bo'layotganini albatta siz yaxshi bilasiz.
- Bosh murabbiy menmi, demak hammasini o'zimga olaman. Nimalar ro'y berayotgani juda yaxshi tushunib turibman. Yana qaytaraman, hali imkoniyatimiz bor. Balki jamoaga yangi g'oya kerakdir, shunda futbolchilar ham yangicha qarashar. Men faqat bir narsani xohlayman: "Xorazm"ning Superligada qolishini.
- Hujumchi Shahrom Samiev "Paxtakor" bilan o'yinda qizil kartochka olgandi. Keyinchalik "Nasaf" va "Mashal"ga gol urdi. Lekin bugungi bahsda uning yo'qligi bilindi.
- Shuni aytishim kerak, zaxira o'rindig'imiz keng emas. Tarkibimizda yoshlar ham ko'p. Albatta, bugun Samievning yo'qligi bilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar