So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  37 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  11 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  3 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  6 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  73 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  15 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Sanjar Rashidov: Akamga munosib uka bo'lishga intilyapman Yangiliklar

Sanjar Rashidov: Akamga munosib uka bo'lishga intilyapman

Jizzaxning So'g'diyona klubi yarim himoyachisi Sanjar Rashidovning harakatlari sekin-asta akasi Sardorning o'yinlarini eslatib yuboryapti.

Akasiga havas qilib futbolni tanlagan Sanjar qisqa fursatda o'sishga erishdi. O'tgan turda uning Navbahor darvozasiga urgan chiroyli goli futbol muxlislari va mutaxassislari orasida etarlicha muhokamaga sabab bo'ldi. Yana bir istedodning yuzaga chiqayotgani esa barchamizni quvontiradi. Biz Lokomotivga qarshi kechgan uchrashuv oldidan Sanjar Rashidovdan intervyu oldik.

- Sanjar, futboldagi ilk qadamlaringiz qanday bo'lgan?

- Albatta, bu xohish oilaviy muhit tasirida vujudga kelgan. Akamga havas qilib, sportning shu turini tanladim. Qiziqishimni payqagan otam So'g'diyona futbol maktabiga olib bordilar va shu tariqa millionlar o'yinidan saboq ola boshladim. Ilk murabbiyim Usmon Muxametshin bo'lganlar.

- Akangiz Sardor bunga qanday munosabat bildirgan?


- Ijobiy qaraganlar. Ko'pincha o'zlari bilan mashg'ulotlarga olib ketardilar. Futbol o'ynashni boshlaganimdan keyin esa turli tavsiyalari bilan o'rtoqlashardilar. Hozirgacha o'z maslahatlarini ayamaydilar.

- Qaysi chiziqda o'ynay boshlagansiz?


- Yoshligimdan faqat yarim himoya markazida o'ynashni xush ko'rganman. Boshqa poziciyada harakat qilmaganman.

- So'g'diyona bilan qachon professional shartnoma tuzgansiz?


- Bu quvonchli kunni esdan chiqarib bo'lmaydi. 2011 yilda ilk professional bitimga imzo chekkanman. O'shandan beri viloyatimiz bosh jamoasi sharafini himoya qilib kel-yapman.

- Amaldagi shartnomangiz qachon yakunlanadi?

- SHu yil oxirida.

- Balki kelasi yili sizni o'z oldiga jiddiy vazifalarni qo'yadigan jamoa tarkibida ko'rarmiz?


- Nasib qilsa, shunday bo'ladi.

- Sardor Rashidovning ukasi bo'lganingiz sizga foydami yoki ayrim holatlarda zararga ham ishlashi mumkinmi?


- Baribir, menda masuliyat ko'proq bo'ladi. O'yinlarda bosim o'z so'zini aytadi.

- Bundan qanday chiqib ketishga harakat qilyapsiz?


- Faqat o'z o'yinim bilan. Sardor Rashidovning ukasi bo'lganim bilan, u mening o'rnimga maydonga tushib, o'ynab bermaydi-ku! O'z ustimda ko'proq ishlab, ortiqcha gap-so'z va etirozlarga o'rin qoldirmaslikka harakat qilyapman.

- Sardor Rashidovning ukasi, deyishlariga qanday qaraysiz
?

- Ijobiy qarayman. Munosib uka bo'lishga intilaman.

- So'g'diyona jamoasining bu yilgi ishtirokini o'rtacha baholash mumkinmi?


- Hozirgi ko'rsatkichlarimiz yomon emas. Hali oldinda etarlicha o'yinlar bor. Mazkur uchrashuvlarda natijani yanada yaxshilashga harakat qilamiz. Bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin edi. Afsuski, ayrim bahslarda qimmatli ochkolarni yo'qotdik.

- Aynan qaysi o'yinlarda?


- Andijon, Obod klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarda muhim ochkolarni boy berdik. Kutilmaganda o'z maydonimizda Buxoro va Qizilqum jamoalari bilan durang o'ynadik.

- Joriy mavsumda So'g'diyona jamoasi oldiga aniq vazifa qo'-yilganmi?


- Imkon qadar yuqoriroq o'rinlarni egallashimiz kerak.

- Jizzaxda ajoyib stadion bor. Muxlislar ham futbolni yaxshi ko'rishadi. Ularga nima degan bo'lardingiz?


- Birinchi navbatda, har bir o'yinda stadionga kelib, qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bundan aslo charchashmasin. SHunga yarasha biz ham mazmunli futbol namoyish etishga harakat qilamiz.

- Endi navbat - blic-savollarga. Sevimli futbolchingiz?


- Xavi.

- Nima uchun?


- O'zining zargarona to'p uzatishlari bilan qolgan futbolchilardan ajralib turadi. Texnikasi juda kuchli. Undan o'rganadigan jihatlar ko'p.

- Sevimli klubingiz?


- SHubhasiz, Barselona. Menga bu jamoaning o'yin uslubi yoqadi.

- Faoliyatingizdagi eng chiroyli golingiz?


- O'tgan turda Navbahor jamoasi darvozasiga urgan golim.

- Faoliyatingizdagi eng esda qolgan va aksincha, eng alamli uchrashuv qaysi?


- Ikkalasi ham bitta o'yinda bo'lgan. Birinchi davrada Lokomotiv klubini qabul qilib, durang (1:1) o'ynaganmiz. Kuchli raqibdan ochko tortib olganimiz ijobiy, g'alabani qo'ldan chiqarganimiz esa alamli holat bo'lgan.

- Taxmin qilib ko'ring, bu yil qaysi jamoa O'zbekiston chempioni bo'ladi?


- Bunyodkor.

- Qaldirg'ochlar Lokomotiv bilan o'rtadagi 5 ochkolik farqni yo'qqa chiqara olishadimi?


- Buni uddalasa bo'ladi. Oldinda o'yinlar ko'p. Peshqadamning ochko yo'qotmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Ikkinchi davrada kutilmagan natijalarga boy o'yinlar etarlicha bo'ladi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика