Sane Manchester Siti bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016, 09:45
Shalke yarim himoyachisi Leroy Sane Manchester Siti bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib oldi.

20 yoshli germaniyalik futbolchining transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Saneda keyingi yil Bavariyaga o'tish varianti ham bor edi, biroq o'zi shu yil Sitiga o'tadi.

O'tgan mavsum 33ta o'yinda 8ta gol urdi va 6ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de