Sancho uchun kurashda "Borrusiya D" va "Yuventus" raqoblashadi
10 okt 2023 09:51
Yangiliklar
Sancho uchun kurashda "Borrusiya D" va "Yuventus" raqoblashadi
Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachini jamoaga qaytarib, unga imkon berish niyatida emas.
23 yoshli futbolchi uchun kurashda "Borrusiya D" va "Yuventus" raqobat olib bormoqda. Ingliz futbolchisining o'zi esa Germaniyaga, sobiq jamoasiga qaytishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, sentyabr boshida Sancho va MYU ustozi o'rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Vinger "Arsenal"ga qarshi APLning 4-tur o'yinini (1:3) o'tkazib yuborgandi. Bahsdan so'ng Erik ten Xag futbolchi mashg'ulotlarda yaxshi taassurot qoldirmaganini aytgan.
Sancho bunga javob tariqasida ijtimoiy tarmoqda quyidagi gaplarni yozdi: "Uzoq vaqt hamma narsaga aybdor bo'ldim - bu adolatsizlik. Mashg'ulotlarda jonimni berib ishlayman, o'qiyotganlaringizga ishonmang. Boshqa sabablar bo'lgani aniq". Keyinroq post o'chirib tashlandi. 14 sentyabr kuni futbolchi asosiy jamoa mashg'ulotlaridan chetlatildi.
Sancho MYUga "Borussiya D"dan2021 yil 73 mln funt sterling evaziga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar