Sanches va Bellerin "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda "Arsenal"ga yordam bera oladi
13 avg 2015 18:45
Yangiliklar


Sanches va Bellerin "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda "Arsenal"ga yordam bera oladi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Kristal Pelas" bilan o'yindan oldin o'z futbolchilarining jismoniy holati haqida so'zlab berdi.
"Ektor Bellerin va Aleksis Sanches cheklovlarsiz shug'ullanishmoqda va o'yinga tayyor. Uelbek ham faollik bilan oyoqqa turyapti, ammo uni maydonga tushira olmaymiz.
Jek Uilshir va Tomash Rosickiga keladigan bo'lsak, birinchi futbolchi reja bo'yicha davolanyapti va ikki haftadan keyin maydonga qaytadi. Oldinroq Rosickining agenti futbolchi operaciya bo'lganidan so'ng ikki oy o'ynay olmasligini aytgan edi" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar