Sanches shartnoma bekor qilinishi ortidan MYUdan 7,5 million funt olgan
07 avg 2020 11:45
Yangiliklar
Sanches shartnoma bekor qilinishi ortidan MYUdan 7,5 million funt olgan
"Inter"da ijara asosida o'ynagan yarim himoyachi Aleksis Sanches qaysi shart bilan klubning to'laqonli azosi bo'lgani malum bo'ldi.
31 yoshli chililik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma buzilishi sabab kompensaciya sifatida 7,5 million funt atrofida mablag' olgan.
O'z navbatida manchesterliklar ham 40 million tejab qolishdi, Sanchesning yana ikki yillik shartnomasi bor edi va u shu vaqt davomida shuncha mablag' maosh olardi.
Xavbek MYUda haftasiga 390 ming funt maosh olayotgan edi.
Fikrlar