So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  14 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Samvel Babayan: "Terma jamoa ustozi va istefo sinonim so'zlar" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Terma jamoa ustozi va istefo sinonim so'zlar"

O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

"Ertaga biz uchun juda muhim o'yin. Har bir qarich er uchun kurashamiz, bizda ortga yo'l yo'q. Ortimizda xalqimiz turibdi. G'alaba qozonib ularni xursand qilishga urinamiz", - deydi Samvel Babayan.

Ertaga butun O'zbekiston uchun final deb o'ylayman. Biz chiroyli o'yin ko'rsatib ushbu "final"da zafar quchishga urinamiz", - deydi Jaloliddin Masharipov.


- Xitoy bilan o'yindan so'ng futbolchilarga nima dedingiz?

- Aslida bunday o'yinlardan keyin ortiqcha gap keragi yo'q. SHu paytgacha hakamlar haqidagi savollardan qochib kelgan bo'lsam endi ochiq aytaman: hakamlik juda ham past darajada. Biz Xitoyda nohaq tarzda yutqazdik. Yigitlarga hali imkoniyat borligini aytdim. Oxirigacha kurashamiz.

- Janubiy Koreya bilan muhim o'yindan oldin futbolchilar bilan o'zaro qanday suhbat bo'ldi?

Masharipov: - Futbolchilar oldingi o'yinni unutib bo'lishdi. Finalda g'olib chiqishga urinamiz. Yigitlarning kayfiyati yaxshi. Ertaga xudo xohlasa g'alaba qozonishga urinamiz.


- Abduxoliqov Sergeevdan qaysi jihat bilan kuchsiz?

- Hech qaysi tomonama kuchsiz emas.

- Bu bosqichda 5ta mag'lubiyatning 4tasida 85 daqiqadan keyin gol o'tkazib yutqazganmiz. Bu nimadan dalolat beradi?

- Ikkita o'yinda hakamlar so'nggi daqiqalarda darvozamizga penalti belgilashdi. Suriya bilan o'yinda penaltidan oldin Haydarovga nisbatan qoida buzilgandi. Xitoy bilan bahsda esa raqib simulyaciya qildi.


- Sergeev va Abduxoliqov masalasida yana savol: Asosiy tarkibda hujumchi tanlash uchun qanday jihatlar etiborga olinadi?

- Zamonaviy futbolda barcha jihat hisobga olinadi. Sergeev oliy liga ikkinchi davrasida bir nechta o'yin o'tkazdi. Abduxoliqov esa hali rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q. Krimec? U Xitoy Superligasi yoshlar ligasida o'ynamoqda. Ushbu liga saviyasi ham anchagina yuqori darajada. U erda 10 million turadigan legionerlar o'ynashmoqda.

- Eron va Suriya o'yini ham biz uchun muhim...

- Biz faqat o'z o'yinimiz haqida o'ylaymiz. Boshqa o'yinga tasir qila olmaymiz.

- Butun O'zbekiston ikki narsani kutmoqda. O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqishini va Babayanning istefoga chiqishini. Sizga bo'layotgan kesin tanqidlardan keyin o'zingiz shu haqda o'ylab ko'rmadingizmi?


- Terma jamoa bosh murabbiyi va istefo sinonim so'zlardir deb aytganman. Barchasi O'FF rahbariyatiga bog'liq. Taqdirim O'FF qo'lida.

- Rashidov zaharlangani haqida yozildi. Uning holati qanday?

- Terma jamoamizning besh nafar futbolchisi ovqatdan zaharlandi. Rashidovda bu og'irroq bo'ldi. Zaharlanganlar orasida Odil Ahmedov ham bor edi. Barcha yigitlar ertangi o'yinga tayyorlanishmoqda.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -296   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика