Jaloliddin Masharipov: "Haddan tashqari ortiqcha motivaciya o'yinga xalaqit berishi mumkin"
02 iyu 11:55
Yangiliklar


Jaloliddin Masharipov: "Haddan tashqari ortiqcha motivaciya o'yinga xalaqit berishi mumkin"
O'zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov muhim o'yin oldidan jamoadagi kayfiyat, ruhiy tayyorgarlik va shaxsiy jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
"Hozirda hamma yigitlarning kayfiyati yaxshi. Oldimizda qanday o'yin turganini yaxshi bilamiz. Lekin motivaciyani haddan tashqari oshirib yuborish kerak emas — bu o'yin paytida to'sqinlik qilishi mumkin. Bizga avvalgi o'yinlardagi kabi o'ynash kerak. Ortiqcha hissiyot va bosim o'yinga salbiy tasir qilishi mumkin. Shuning uchun futbolchilarga kayfiyat ulashyapmiz — faqat o'yin haqida o'ylash ham bazan xalaqit beradi.
Jismoniy holatim yaxshi. 15 mayda chempionat tugagan bo'lsa, undan so'ng ikkita uchrashuv bo'ldi. Klubda mashg'ulotlar orqali tonusni ushlab turdim. Hammasi joyida, ob-havoga ham moslashib oldik. O'ylaymanki, hech qanday muammo yo'q", — dedi Jaloliddin Masharipov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar