So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

Samvel Babayan: "Superliganing oxirgi o'rindagi jamoasi ham shunday kuchli o'yin ko'rsatishi mumkin" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Superliganing oxirgi o'rindagi jamoasi ham shunday kuchli o'yin ko'rsatishi mumkin"

Teglar :  "Navbahor""Neftchi"
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- O'yin kutilganidek yuqori tempda, kurashlarga boy o'tdi. O'yinchilarimiz g'alaba uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. Ammo biz ketma-ket bir necha qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. CHempionatimizning qiziqarli tarafi shundaki, Superliganing oxirgi o'rindagi jamoasi ham shunday kuchli o'yin ko'rsatishi mumkin. Biz bugun ko'rsatishimiz mumkin bo'lgan o'yinni to'liq namoyish qila olmadik. Bugun bir ochkoga ega bo'ldik. Oldinga intilishda davom etamiz. Ustida ishlashimiz kerak bo'lgan narsalar bor. Bugungi raqib singari himoyaviy taktika tanlaydigan, ochko qo'lga kiritish ham yaxshi natija bo'lgan jamoalarni himoyasini yorib o'tish uchun ko'proq ishlashimiz lozim. Biz g'alaba qozonish uchun ulardan sezilarli darajada kuchliroq bo'lishimiz kerak. Bizda ijrochilar etarli. Ammo hali to'liq kuchimizni ko'rsata olmadik. Nima bo'lganda ham yigitlarga rahmat aytaman. Ular oxirgi daqiqagacha harakat qilishdi, standard vaziyatlar yaratishdi. O'tgan o'yin gol urgandik, bu safar esa gol kirita olmadik. Ishlashda davom etamiz.

- "Neftchi" bosh murabbiyi "Navbahor"ning standard vaziyatlarda xavfli ekani haqida gapirdi. SHu haqida fikringiz..

Albatta, biz bugun standarda vaziyatlardan juda xavfli vaziyat yaratdik. To'p darvoza to'siniga tegdi. Ammo o'yindan ham biz bir necha vaziyatlar yaratdik. SHunchaki, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, ha, standardlardan ko'p vaziyatlar yaratdik. Biroq, o'yindan ham vaziyatlar yarata olamiz. Faqatgina, bugun bu vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Asad Sobirjonovni deyarli maydonda ko'rmayapmiz. Bunga sabab nima?

- Asadga keladigan bo'lsak, bu o'yinchi katta calohiyatga ega. U bir necha o'yinlarda maydonga tushdi. Ammo uning maydonga tushishi unchalik ham omadli kechmadi. Biroq, Sobirjonovda ham boshqalar singari asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati mavjud.

- O'yin davomida "Navbahor" biroz charchab qolgandek ko'rindi...

- Birinchi bo'limda o'yinimiz biroz o'xshamadi. Albatta, birinchi bo'limda o'yinchilar charchab qolishi mumkin emas. Katta ehtimol, bu o'yinchilarning psixologiyasi bilan bog'liq. Qaysidir vaziyatda biz o'yinni bor kuchimizni ishlatmagan holda yutishimizga ishonib qoldik. Hozirgina yigitlar bilan gaplashganimizda esa bunga hali erta ekanligini tushundik. Umuman olganda, bunga charchoq emas, o'yinga bor tezlikni bermaganimiz sabab bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa tempni oshirdik. Ammo raqib vaqtni cho'zishga urindi. Raqib vaqtni cho'zgani bizni emas, ularning kuchlari kamligini ko'rsatadi. Jismoniy tomonlama muammolar yo'q. Ochig'ini aytganda, birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi.

- Ushbu o'yinda VAR tizimidan foydalanilmadi. Bu o'yinga qanchalik tasir qildi?

- Bunga munosabat bildirish qiyin. Bu bizga aloqasi bo'lmagan mavzu. VAR bo'lganda hakamga osonroq bo'lgan bo'lardi. Umuman olganda, bugun hakamlik haqida ortiqcha gapirish ortiqcha. Hakam o'yinni yaxshi boshqardi va kurashishga qo'yib berdi.

Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика