So’nggi yangiliklar

18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2

Samvel Babayan Oliy Liga jamoalari murabbiylari bilan uchrashdi Yangiliklar

Samvel Babayan Oliy Liga jamoalari murabbiylari bilan uchrashdi

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan oliy ligadagi 14 ta klubning bosh murabbiylari bilan uchrashdi.

Jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi raundi oldidan hamkasblari bilan davra suhbatini tashkil qilgan Samvel Babayan oliy liga klublaridagi murabbiylarning yordamisiz milliy terma jamoa muvaffaqiyatga erisha olmasligini takidladi.

Ikkinchi saralash bosqichi oldidan uchrashgan edik. O'shanda terma jamoalar shtabi murabbiylarning fikrini eshitgan edi. Terma jamoa atrofida birlashishimiz natijasida bizning jamoa guruhda birinchi o'rinni egalladi. Bu muvaffaqiyatda murabbiylarning, ishqibozlarning va OAVning o'rni beqiyosdir, - deydi Samvel Babayan.

Samvel Babayan oliy liga klublari murabbiylariga milliy terma jamoaning keyingi rejalari haqida gapirib berar ekan, nomzod futbolchilarni qo'llab-quvvatlashda murabbiylardan yordam so'radi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi uchrashuvda terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilar haqida murabbiylarning fikrini ham tingladi.

Takidlash kerakki, jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga yo'l olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 1 - 7 iyun kunlari Avstriyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Ushbu yig'in doirasida Kanada terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishilgan. O'yin 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyada bo'ladigan jahon chempionati saralashining yakuniy bosqichi o'yinlarini shu yilning 1 sentyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика