So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  138 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Samvel Babayan: "OKMK durangga loyiq emasdi, "Navbahor" adolatsiz tarzda ikki ochko yo'qotdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "OKMK durangga loyiq emasdi, "Navbahor" adolatsiz tarzda ikki ochko yo'qotdi"

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan O'zbekiston Superligasi 2-tur doirasidagi OKMK (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xayrli kech, bugun ikkinchi tur o'yini bo'ldi. Uyda dastlabki 20-25 daqiqani fantastik darajada o'tkazdik, bu vaqtda 3-4ta gol urishimiz kerak edi. So'ngra g'alati gol o'tkazib yubordik, darvozamiz tomonga berilgan yagona aniq zarba darvoza to'ridan joy oldi. Umuman futbolda bunday adolatsiz narsalar ro'y berib turadi.

Albatta, bugun ikki ochko yo'qotdik, yigitlar g'alaba qozonish uchun barcha ishni qilishdi, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Futbolda shunday sehr mavjud, bugun bu narsa raqib tomonida bo'ldi. Ular bunga loyiq bo'lishdi deya olmayman. Ammo, taqdir ekan, "Navbahor" shunday g'alati va adolatsiz tarzda ikki ochko yo'qotdi. Ikkinchi taymda gol urish uchun katta xohishimiz bor edi va buni amalga ham oshirdik, ammo golni bekor qilishdi. Vaziyatni hali ko'rib chiqmadim.

Raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlar sodir etdik. Jamoaga ikkinchi bo'limda faqatgina gol etishmadi. Uzoq vaqt muhokama qilishimiz mumkin, ammo biz 2024 yilgi mavsum chempionat va Kubokni yutishga loyiq bo'lgan "Navbahor"ni ko'rdik. Qaerdardir omad kelmadi, bu biz uchun yanada kuchayishga va faqatgina 20-25 daqiqa emas, balki 90+ vaqt davomida yaxshi o'ynashga belgidir. Yigitlarga rahmat, ular harakat qilishdi. Albatta, muxlislar bugungi o'yindan katta umid qilishgandi, ammo biz buni biroz oqlamadik. Muxlislarga murojaat qilmoqchiman, "Navbahor"ga muxlislik qiling, joriy mavsum bu yigitlar bilan kerakli natijaga erishamiz", — deya so'z boshladi Babayan.



— Ikkinchi taymda jamoaviy o'yin yo'q edi, muxlislar esa "Navbahor" ko'rsatishi kerak bo'lgan tomoshabop o'yin ko'rishmadi. Buning sababi nimada?

— Juda yomon o'ynadik deya olmayman. Balki gol urishga bo'lgan intilish va bunga bo'lgan bosimdandir, ammo malum vaziyatlarda texnik xatolarga yo'l qo'ydik. Yana takrorlayman, raqib bir bor darvozamiz tomon tepdi, bosh bilan rikashet ro'y berdi va to'p tushunarsiz tarzda darvozamizga kirib ketdi. Albatta, ochko yo'qotish alamli, ammo raqib ikkinchi bo'limda mudofaaga o'tib oldi, vaqtni cho'zdi, hiyla ishlatdi, bizning yigitlar esa harakat qilishdi. Barchasi ham o'xshamagani haqiqat, agar aksi bo'lganda gol urardik.

— CHempionlar ligasidagi markaziy himoya Superligadagi bilan tubdan farq qilmoqda. Gol ham markazdagi xato sabab ro'y berdi. Bunga sabab Jokichning almashtirilganimi yoki CHLdagi ishtiyoq balandligimi? CHLda juda tartibli himoyani ko'rgandik. Bunga qanday izoh bera olasiz?

— Avvalambor, golda markaziy himoyachilar xato qilishmadi. Biz standart vaziyatda oxirigacha harakat qilishimiz kerak edi. Standart vaziyatda raqibning gol urgan markaziy himoyachisida qo'riqchi bor edi, biz ikkinchi temp bilan standartni oxiriga etkazib qo'yishimiz kerak edi. Bu Jokich bilan bog'liq emas. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi, oz bo'lsada omadingiz kelmaydi. Misol uchun Nikabadze ham zaxiradan tushib gol urishi mumkin edi. SHunday ekan, markaziy yoki boshqa bir hududdagi o'zgarishlarning aloqasi yo'q, shunchaki aqlbovarqilmas darajada omad kelmadi. Yigitlar o'z poziciyalarida CHLdagidek masuliyat bilan harakat qilishmoqda. Bu borada hech bir futbolchiga shikoyatim yo'q.



— Menimcha, zaxiradan maydonga tushgan Ruslan Jiyanov birinchi turdagi o'yinini ko'rsata olmadi. Unda barchasi joyidami, umuman olganda unda ruhiy bosim yo'qmi?

— Albatta, "Navbahor"da o'ynagan har bir futbolchida bosim bo'ladi. Ammo, bunga bosim sabab bo'ldi deb o'ylayman, balki qandaydir texnik xatolar sababdir. Jiyanov yaxshi futbolchi, o'ylashimcha u kelajakda "Navbahor"ga yordam beradi.

— Ikki turda ko'rganimizdek, Jokich erkinroq o'ynab, Hamrobekov tayanch zonasida muqim qolmoqda. Buni teskarisini qilish mumkinmi?

— Mumkin, vaziyatga qarab. Kim hujumga yaqin bo'lsa o'sha hujumda o'ynaydi. To'g'ri savol bo'ldi. Ular o'zining plyus va minuslariga ega bo'lgan o'yinchilar, shunday bo'lmoqdaki, ular bir-birlarini to'ldirishyapti. Rotaciya hujum yoki mudofaa paytida bo'ladi.





Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика