Samvel Babayan: "O'FA o'tgan yil diskvalifikaciyani bekor qilgan"
26 fev 2019 20:05
Yangiliklar


Samvel Babayan: "O'FA o'tgan yil diskvalifikaciyani bekor qilgan"
Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi
Biz ushbu murabbiy bilan bog'lanib bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
- Siz O'FA tomonidan diskvalifikaciya qilingan edingiz...
- 2018 yil 1 fevral kuni O'FA Ijroiya qo'mitasi tomonidan diskvalifikaciya olib tashlangan. SHu bois bugungi kunda o'z faoliyatimni davom ettira olaman.
- O'zbekistonga qaytdingiz...
- Ha, "Lokomotiv" klubidan taklif tushgani uchun O'zbekistonga qaytishga va mamlakat futboli rivoji uchun ishlashga qaror qildim.
- Qanday sabab bilan "Lokomotiv" taklifini qabul qildingiz?
- Buning sababi "Lokomotiv" infratuzilma borasida yangi darajaga chiqmoqchi. Bunga qadar akademiya, futbol maktabi yo'q edi. Klub bir necha bor chempionlikka erishdi. Endi esa "Lokomotiv" "yangi Jeparov", "yangi Ahmedov"larni tarbiyalamoqchi. Men bir necha yil davomida "Paxtakor"da ishlaganim bunda qo'l kelishi mumkin. O'z tajribam bilan "Lokomotiv"ga yordam berishni istayman.
Tez orada Samvel Babayan championat.asia saytida batafsil intervyu berishga vada berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar