Samvel Babayan: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
09 avg 2014 21:52
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
"Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh menejeri Samvel Babayan qatnashdi.
"O'yin muxlislarga yoqadigan tarzda kechdi deya olaman. Natija haqqoniy bo'ldi, bizda ustunlik bo'ldi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmaslik hamon bizni taqib qilmoqda", - deb gap boshladi Babayan.
"Agar mavsum so'nggida chempion to'plar nisbatiga ko'ra aniqlansa va biz ikkinchi bo'lsak albatta alam qiladi. Ammo birinchi turdan buyon biz hujumkor tarzda o'ynamoqdamiz. Har bir raqib bizga qarshi qo'shimcha kuch bilan o'ynamoqda. SHu bois ham ko'p gol ura olmayapmiz".
"Kozak darvozabon oldinga chiqib ketgan vaziyatda gol ura olmadi. Lekin aynan u boshi bilan gol urib bizga uch ochko keltirdi".
"Bugun stadionga Angliyadan O'zbekistonga o'qishga kelgan "Paxtakor" klubi muxlislari kelishdi. Bu degani klubimizni butun dunyoda bilishadi", - deydi Samvel Babayan.

Fikrlar